Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatida harbiy komendatura tashkil etdi
Komendatura «huquq-tartibotni, mahalliy aholining barcha ehtiyojlarini ta’minlashi kerak».
Ukraina armiyasining hujumi davom etayotgan Rossiyaning Kursk viloyatida harbiy komendatura tashkil etildi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Oliy bosh qo‘mondonlik shtabining yig‘ilishida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, komendatura «huquq-tartibotni, mahalliy aholining barcha ehtiyojlarini ta’minlashi kerak». Unga general-mayor Eduard Moskalyov rahbar etib tayinlandi.
Sirskiyning aytishicha, 15 avgust holatiga ko‘ra Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatida turli yo‘nalishlarda 500 metrdan 1,5 kilometrgacha bo‘lgan masofada oldinga siljigan va hozirda 1150 kvadrat kilometr maydondagi 82 aholi punkti Ukraina armiyasi nazorati ostida. Umuman olganda, operatsiya boshlanganidan beri Ukraina Qurolli kuchlari Kursk hududiga 35 kilometr masofaga kirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi 15 avgust kuni o‘z hisobotida Rossiya armiyasi Kursk viloyatidagi Krupets qishlog‘i ustidan nazoratni qayta tiklagani, shuningdek, bir necha qishloqlar yaqinida Ukraina qurolli kuchlari hujumlarini qaytarganini ma’lum qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 24 soat ichida Ukraina qurolli kuchlari Kursk viloyatida yana 2 kilometr ilgarilagan.
Mavzuga oid
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
20:43 / 12.11.2024