Yangi Zelandiya hukumati Megaupload servisi asosçisi Kim Dotkomni AQŞga topşirişga qaror qildi. Reuters’ning yozişiça, adliya vaziri Pol Goldsmit bu boradagi tegişli orderni imzolagan.
Goldsmitning ta’kidlaşiça, hukumat Dotkomga keyingi yuridik qadamlarini öylab olişi uçun «qisqa muddat beradi».
Dotkom özining ekstraditsiya qilinişi haqidagi xabarni izohlar ekan, Yangi Zelandiyani «Tinç okeanining janubiy qismida joylaşgan Amerikaning itoatkor mustamlakasi» deb atadi.
Kim Dotkom — 2005-2012 yillar davomida faoliyat yuritgan Megaupload fayl almaşişga möljallangan servis asosçisi. Öz vaqtida u odamlar eng köp taşrif buyuradigan dunyodagi top-15 saytlar qatorida bölgan.
Serverlari Gonkongda joylaşgan Megaupload AQŞ hukumatining talabi bilan yopilgan edi — ayblovda sayt faoliyati natijasida mualliflik huquqi egalariga 500 million dollar zarar yetkazgani aytilgan.
AQŞ 2012 yildan beri Yangi Zelandiyadan Dotkomning ekstraditsiyasini sörab keladi. 2017 yilda sud uni AQŞga topşiriş böyiça qaror qabul qilgan. Dotkom Yangi Zelandiya Oliy sudi orqali uşbu qarorning bekor qilinişiga erişgan, ammo ekstraditsiya butunlay taqiqlanmagan edi.







