Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasida Vaqt va çastota xizmati faoliyatini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan boşlab, Özbekiston milliy vaqt şkalasi (UTC UZ) joriy etiladi va undan Özbekiston Respublikasining aniq vaqti sifatida foydalaniladi.
Vaqt xizmatining faoliyatini samarali taşkil etişga Özbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasi mas’ul hisoblanadi.
Metrologiya instituti Muvofiqlaştirilgan universal vaqtni (UTC) şakllantirişda iştirok etadi va Özbekiston milliy vaqt şkalasini (UTC UZ) hosil qilişga vakolatli etib belgilanadi.
Metrologiya instituti tarkibida yuridik şaxs taşkil etmagan holda Vaqt va çastota xizmati, Vaqt xizmatining vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaşni nazarda tutuvçi nizom işlab çiqib, tasdiqlanadi.
Aniq vaqtni Vaqt xizmatidan oliş hamda uni manfaatdor davlat organlari va boşqa taşkilotlarga uzatiş davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida amalga oşiriladi.








