11 sentabr kuni Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, şayx Nuriddin Xoliqnazar raisligida Toşkent şahar imom-xatiblarining tanqidiy-tahliliy yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.
Majlis har bir imom-xatib din ğami, xalq dardi va yurt taqdiri yölida astoydil xizmat qilişi lozimligi, din peşvosi sifatida, aholi, ayniqsa, yoşlarni töğri yölga boşlaşi alohida ta’kidlangan.
«Tanqidiy masalalar muhokamasida ayrim imom-domlalar zimmasidagi birlamçi vazifasiga jiddiy yondaşmayotgani, mömin-musulmonlar ehtiyojini ta’minlaşda yetarli sa’y-harakat qilmayotgani va ijro intizomidagi nuqsonlar qattiq tanqid ostiga olindi. Şuningdek, belgilangan tartib-qoidalar, mehnat şartnomalari talablari va lavozim yöriqnomalariga rioya etmayotgan imom-domlalarga çora körilgani aytildi», — deyiladi bayonotda.

2024 yilning ötgan sakkiz oyida «mana şunday xato-kamçiliklarni sodir etgan, din peşvosi sifatida iş faoliyatiga e’tibor qaratmagan va mehnat majburiyatlarini yetarli darajada bajarmagan» Toşkent şahridagi masjidlarda faoliyat yuritgan 8 nafar imom-xatib, 10 nafar imom noibi vazifasidan ozod etilgan. 2 nafar imom-xatib va 2 nafar imom noibiga esa hayfsan intizomiy çorasi qöllangani ma’lum qilindi.
Şuningdek, muftiy har bir imom-xatib din va mehrob omonatini çuqur his etişi, faoliyatini yaxşilab borişi, zamon bilan hamnafaslikda doimiy bilim-malakalarini oşirişi va peşvolik maqomiga munosib bölişi kerakligini qayd etgan.









