1955 yil 15 iyun kuni SSSRga rasmiy taşrif bilan borgan Hindistonning birinçi Boş vaziri Javoharlal Neru Toşkentga keladi. Nufuzli mehmon şarafiga Özbekiston Fanlar Akademiyasi majlislar zalida tantanali yiğiliş taşkil etiladi. Tadbir yakuniga yetgaç tarjimon SSSR Taşqi işlar vaziri örinbosari V.V.Kuznetsovga “Janob Boş vazir, hurmatli professor Bulat Soli janoblari bilan uçraşmoqçi”, deydi. Öşa paytdagi Özbekiston SSR Taşqi işlar vaziri Ğani Sultonov u kişini tanimasligini aytib, vaziyatdan çiqmoqçi böladi. Hamma yalt etib Özbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti Teşa Zohidovga qaraydi. Fanlar Akademiyasi olimalari Xadiça Sulaymonova va Sabohat Azimjonova labini tişlagança yerga qarab turardi. Ozgina sukutdan söng Teşa Zohidov özini qölga olib, “Janob boş vazir, professor Pölat Soliyev ança yillar avval yölda vafot etgan. Qabri qayerdaligi noma’lum”, deydi.
Öşa paytda özbekistonliklarni noqulay vaziyatga solib qöygan va nomi tilga olinişi mumkin bölmagan, 1938 yil 28 fevralda “xalq duşmani” sifatida otib taşlangan bu kişi birinçi özbek tarix professori Bulat (Pölat) Soliyev edi.

Professor Bulat (Pölat) Soliyev
Bulat Soliyev — Özbekiston ilm-fanining taniqli arbobi, Vatanimiz va umuman, Örta Osiyoda yangi tarixşunoslik ilmiy maktabining asosçilaridan biridir. U kişi 1882 yil 22 martda Astraxan şahrida, manğit uruğiga mansub özbek oilasida tuğilgan, şu boisdan rasmiy va ilmiy hujjatlarda goh Bulat, Bekbulat, keyinçalik Pölat ismlarini olgan. Qozon va Ufada madrasa ta’limini körgan, arab, fors, turk, rus, keyinçalik fransuz va nemis tillarini puxta örgangan, 1909 yilda Turkistonga kelgan Bulat Soliyev jadid sifatida Turkistonning köpgina şahar va viloyatlarida jumladan, Toşkent viloyati, Farğona vodiysi, Jalolobod viloyati va boşqalarda özining ma’rifiy faoliyatini boşlagan. Toşkent va Qöqonda maktablarda tarix, arifmetika, ona tilidan dars beradi.
1917 yilda Turkiston Muxtoriyati taşkil etilişida jonbozlik körsatadi va muxtoriyatning asosiy naşri bölgan “El Bayroği” gazetasining boş muharriri böladi. 1918 yil Muxtoriyat tor-mor qilingaç özini ilmiy-pedagogik faoliyatga bağişlaydi. 1918 yil noyabr oyida Bulat Soliyev Nazir Töraqulov bilan birgalikda Qöqon Xalq universitetini taşkil etişda iştirok etadi. Mazkur öquv dargohi asosan Farğona vodiysidagi qişloq öqituvçilari malakasini oşiriş bilan şuğullanadi va Bulat Soliyev uning direktori etib saylanadi.
SSSRning butun 70 yillik umri davomida, tarix fan sifatida mafkuraviy aralaşuv obekti bölgan. Dastlab 1920-yillarning oxirigaça inqilobdan oldingi tarixçilik maktabi vakillari nisbatan erkin faoliyat yuritişgan, öz asarlarini öquv yurtlarida öqitişlari va naşr etişlari mumkin edi. Bunday yengillikning paydo bölişiga 1920-1928 yillarda amalga oşirilgan Yangi iqtisodiy siyosat ham bir qadar imkon beradi. Şu tufayli köplab jadid tarixçilari öz asarlari va maqolalarining katta qismini 1920-yillarda naşr etişgan.
Maskur davrda Bulat Soliyev özining bir qança asarlari bilan allaqaçon mahalliy ziyolilar orasida yetuk tarixçi sifatida namoyon bölgan edi. Bu yillarda olim bir qator juda qimmatli asarlarni yozadi. Jumladan: “Manğitlar saltanati davrida Hindiston Angliya zulmi ostida” 1920 yil, “Buxoro ölkasi” 1926 yil, “Buxoro tarixi” I qism, 1925 yil, “Örta Osiyoda savdo kapitali davri” 1926 yil, “Örta Osiyo tarixi XI-XV asrlar” 1926 yil, “Özbekiston tarixi” 1929 yil, “Özbekiston va Tojikiston” 1926 yil, “Örta Osiyoda islomning tarqalişi” 1928 yillarda naşr etildi. 1926 yilda Bulat Soliyevga professor unvoni beriladi.
Bulat Soliyevning yoziş uslubi mutlaqo boşqaça edi. U asosan biror bir ilmiy muammoni kötarayotganda odatda umuman boşqa narsa haqida yozayotgan bölardi. Masalan, olimning 1920 yilda naşr etilgan “Angliya zulmi ostida Hindiston ölkasi” nomli asarida Bulat Soliyev tarixçi sifatida kapitalistik Angliyaning Hindistondagi kirdikorlarini oçib berişini xohlagan bölsa-da, olim şu örinda Lenin boşliq bolşeviklar hukumatining bosqinçilik siyosatini ham mohirlik bilan foş qiladi. Masalan, olim uşbu asarda şunday deydi: “Hindistonga xavf bölğonliği uçun Angliya davlati Tibetni öziga tobe qildi. Özining nazorati ostiga oldi. Tibet ixtiyorsiz suratda Angliyaga itoat etişga majbur böldi. Köngilga bir söroq keladir: Angliyaning Tibetga hujum etişga qanday haqqi bor? Tibetda qanday işi bor? Qanday asosğa binoan Angliya davlati Tibetni öziga qöşadi? Belgili bu iş haqqoniyatsizlik, adolatsizlikdir”. Uşbu savollarning barçasi aslida Turkistonni kuç bilan bosib olgan sovet dohiylariga qaratilgan edi.

Bulat Soliyev tomonidan yozilgan “Angliya zulmi ostida Hindiston ölkasi” kitobining kiriş qismi
Sovet davlati taşkil topgan 1920-yillardayoq Pölat (Bulat) Soliyev Turkiston tarixiga oid darslik yoziş işiga jiddiy kirişadi. Biroq bolşeviklar Pölat Soliyev va boşqa mahalliy olimlar tomonidan tayyorlangan darslik loyihalarini doimiy ravişda rad etib keladi. Şunday bölsa-da, Soliyev 1929 yilda “Özbekiston tarixi” kitobini naşr ettirişga muvaffaq böladi. Olim mazkur asarni yaratişda örta asr muarrixlarining meroslaridan unumli foydalanadi. Muallif tarix sohasidagi mafkuraviy köçkiga qarşi ekanligini ta’kidlagan holda, kitobning kiriş qismiga, öşa kunlarda sovet mafkuraçilari tomonidan ayovsiz tahqirlangan Amir Temur suratini ilova qiladi.


Bulat Soliyev tomonidan 1929 yilda naşr qilingan “Özbekiston tarixi” kitobi va uning kiriş qismidagi Amir Temur surati
“Özbekiston tarixi” asari öquvçiga Amir Temur davrida Turkistonning jahon geosiyosatida qanday örin tutgani va mintaqaning buyuk ötmişi haqida qimmatli ma’lumotlar berardi. Bundan sal avval, ya’ni 1927 yilda ham Pölat Soliyev “Maorif va öqituvçi” jurnalida “Özbeklar ham Temur bolalari” deb nomlangan maqolasi bilan katta şov-şuvga sabab bölgan edi. Uşbu maqola çiqişi bilan sovet mafkuraçilari öşa davrdagi davriy naşrlarda birin-ketin maqolasi haqida tanqidiy materiallar e’lon qila boşlaydi.
Xalqini özining haqiqiy tarixi bilan taniştirişni öz oldiga maqsad qilib qöygan tarixçi olim sovet maxsus xizmatlari tomonidan ta’qibga uçramay qolmaydi.
1933 yil avgust oyida VKP (b) Samarqand bölimi tomonidan olimning 1926 yilda naşr etilgan “Örta Osiyo tarixi” asari ğoyaviy jihatdan “nobop” deb topiladi. Çunki asardagi Xorazmşohlar davlatining nufuzi va Örta Osiyoning XI asrda jahon ilm-u fani rivojiga qöşgan hissasi haqidagi ma’lumotlar sovetlarga yoqmagan edi. 1936 yilda tarixçilar qurultoyida Bulat Soliyev asarlari “Ötmişni ideallaştirgan” va “panturkistik” deya baholanib oliy öquv yurtlarida darslik sifatida qöllaş taqiqlab qöyildi. Uning mintaqa tarixiga keng va çuqur yondaşiş haqidagi talabi tez orada kommunist tarğibotçilarning keskin tanqidiga sabab böladi va ular Pölat Soliyevning tarixşunosligini “millatçilik va panturkistik” ruhda deya ta’riflaydi. 1937 yilda boşlangan “Katta terror” siyosati natijasida Özbekistondagi bir qator taniqli davlat arboblari va adabiyot namoyandalari hibsga olinadi. Bulat Soliyev boşida ham qora bulutlar aylana boşlaydi. 1937 yil sentabrda professor Bulat (Pölat) Soliyev Samarqanddagi Özbekiston davlat universitetidan böşatildi.


Bulat Soliyev tomonidan 1926 yilda naşr etilgan “Örta Osiyo tarixi” kitobi
1937 yil 11 oktyabrda professor Soliyevni hibsga oliş töğrisida qaror çiqarildi. Unda jumladan şunday deyiladi: “Toşkent şahri, 1937 yil 11 oktyabr. Men Özbekiston NKVD 3 bölimi operativ xodimi — davlat xavfsizligi leytenanti Gaynitdinov panturkistik taşkilot a’zosi bölgan Pölat Soliyevga tegişli hujjatlarni örganiş jarayonida uning butunlay Özbekistonda Sovet hokimiyatini ağdarişni maqsad qilgan antisovet panturkistik taşkilot a’zosi bölganini, mahalliy ziyolilar orasida muntazam ravişda sovetlarga qarşi taşviqot olib borganini aniqladim”, ÖzSSR Jinoyat kodeksining 49-modda “6“ bandiga asoslanib
QAROR QILINADI: 1882 yilda tavallud topgan, partiyasiz, Samarqand şahridagi Özbek Davlat universiteti professori, SSSR fuqarosi bölmiş Pölat Soliyev hibsga olinsin va ÖzSSR Jinoyat Majmuasining 60- va 67-moddalariga köra javobgarlikka tortilsin”.
Şu tariqa qariyb 5 oy davom etgan qiynoqlardan söng 1938 yil 8 fevralda NKVD uçlik sudi Bulat Majidoviç Soliyevni otuvga hukm qiladi. Hukm 1938 yil 28 fevralda ijro qilinadi. Şu tariqa birinçi özbek tarix professori, musulmon şarqi xalqlarining bilimdoni Stalin boşliq qatağon maşinasi tomonidan mahv etildi.
Bulat Soliyevning asarlari nafaqat Özbekistonda, balki köplab şarq xalqlari orasida ançayin şuhrat qozongan edi. 1954 yilda Özbekistonga taşrif buyurgan Hindiston Boş vazirining ham bu kişini yöqlagani bejiz emas edi. Olimning vafot etganini eşitgan hind siyosatçisi Bulat Soliyevning “Angliya zulmi ostida Hindiston ölkasi” asari hind ozodlik harakati namoyandalari orasida maşhur bölgani, ularning ozodlik yölida kuraşlariga ilhom berganini aytarkan, Bulat Soliyevga minnatdorlik bildiradi.
Özbekiston SSR Oliy Sudi komissiyasining 1956 yil 29 aprelida çiqargan 32/4 raqamli qaroriga köra Bulat (Pölat) Soliyev haqidagi 1938 yil 7 fevraldagi qaror uning jinoyati tasdiqlanmagani tufayli bekor qilindi va haqiqat qaror topadi.
Ubaydulla Quvvataliyev,
Termiz davlat universiteti tuzilmasidagi Qatağon qurbonlari xotirasi muzeyi direktori








