Ramzan Qodirov Ilon Mask unga Cybertruck sovg‘a qilmaganini tan oldi
Checheniston yetakchisi unga «Ilon Maskning xarakteri, hayot tarzi, o‘zini qanday tutishi qiziq» ekanini aytib, «biron bir tarzda xafa qilgan bo‘lsa» amerikalik milliarderdan kechirim so‘rashini bildirdi.

Foto: Telegram/Ramzan Qodirov
Checheniston yetkachisi Ramzan Qodirov «to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir» vaqtida amerikalik milliarder Ilon Mask unga Cybertruck’ni sovg‘a qilmaganini tan oldi.
Qodirov unga «Ilon Mask, uning xarakteri, hayot tarzi, o‘zini qanday tutishi qiziq» ekanini ta’kidlagan. «Men u bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali hazillashishni yaxshi ko‘raman. Mashinani u menga sovg‘a qilmadi, mashina meniki emasdi — men shunchaki bu hazilni o‘ylab topdim va tarqatdim», — deydi Ramzan Qodirov.
Checheniston yetakchisi «biron bir tarzda xafa qilgan bo‘lsa» Maskdan kechirim so‘rashini aytgan. «Shunday davom et. Sening xaraktering, o‘z nuqtai nazaring bor, bizga bunday odamlar yoqadi», — deydi Qodirov.
17 avgust kuni Qodirov o‘zining Telegram-kanalida tomga pulemyot o‘rnatilgan Cybertruck’da Grozniy bo‘ylab harakatlanayotgani aks etgan videoni e’lon qilgandi. Qodirov yozganidek, u «elektromobilni hurmatli Ilon Maskdan olgan». Cybertruck «tez orada Shimoliy harbiy okrug zonasiga yuboriladi» va «askarlarimizga katta foyda keltiradi», degan Checheniston rahbari.
Keyinroq amerikalik tadbirkor Ilon Mask Ramzan Qodirovga Cybertruck elektromobilini sovg‘a qilmaganini aytdi. «Siz haqiqatan ham rossiyalik generalga Cybertruck berdim, deb o‘ylaysizmi? Ajoyib. Sen OAVning eskirgan yolg‘onlari yana bir misolisan», deb yozgandi Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida The New York Times jurnalisti Set Abramson postiga izoh berib.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00
-
Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo - Xitoy» ikkinchi sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston | 20:36
-
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00
-
UzAuto Motors’ning O‘zbekiston bozoridagi ulushi qisqardi
O‘zbekiston | 19:35
Mavzuga oid

20:04 / 08.05.2025
Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi

11:42 / 07.05.2025
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi

20:41 / 14.04.2025
Tesla Cybertruck savdosi pasayib ketdi, kompaniya muammolarga duch kelmoqda

08:29 / 09.04.2025