Energetika sohasini 2035 yilgacha rivojlantirish dasturi tayyorlanadi
2030 yilga borib jami generatsiyada “yashil” energiya ulushini 50 foizdan oshirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, 3 mingta kichik GESda 164 megavatt, quyosh va shamol qurilmalari hisobiga 750 megavatt quvvatlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
![](https://storage.kun.uz/source/11/d0MW-y8Bw0Yj5tA4qYjnjzSlExSqCzI_.jpg)
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni elektr energetikasini 2025-2035 yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
2030 yilga borib, mamlakat aholisi 41 millionga yetishi, iqtisodiyot esa 1,5 karra o‘sishi kutilayapti. Shunga mutanosib ravishda, sanoatda 45 milliard dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratish, xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish, yirik Ma’lumotlar markazlarini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Buning uchun, avvalo, barqaror elektr ta’minoti zarur. Hisob-kitobga ko‘ra, 2030 yilda 117 milliard kilovatt soat, 2035 yilda esa 135 milliard kilovatt soat elektr energiyasi talab etiladi. Ya’ni, hozirgidan 1,7 baravar ko‘p.
Yig‘ilishda energetika vaziri shu maqsadga qaratilgan uzoq muddatli dasturni taqdimot qildi. Qayd etilganidek, yangi elektr stansiyalari va energiya saqlash quvvatlari barpo etiladi. Ularni tizimga ulash uchun 7 ming kilometr magistral tarmoq qurilib, raqamlashtirilgan boshqaruv joriy qilinadi. Bu orqali hududlarda energiya balansi ta’minlanadi. Bir viloyatda elektr yetishmovchiligi bo‘lsa, boshqa joyda qo‘shimcha quvvatlar ishga tushiriladi. Bu ishlar uchun kelgusi besh yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ga 4 milliard dollarlik investitsiya kiritish talab etiladi.
Yana bir muhim masala – elektr energiyasining tannarxini pasaytirish, buning omili muqobil manbalarni ko‘paytirishdir. Xorijiy ekspertlar ham O‘zbekiston sharoitida “yashil” energiya imkoniyatlari ko‘pligini aytayapti.
Shundan kelib chiqib, 2030 yilga borib jami generatsiyada “yashil” energiya ulushini 50 foizdan oshirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, 3 mingta kichik GESda 164 megavatt, quyosh va shamol qurilmalari hisobiga 750 megavatt quvvatlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Sanoatda energiya samaradorlik orqali qo‘shimcha 27 foiz yalpi ichki mahsulot yaratish imkoniyati bor. Hozir kimyo va metallurgiya bo‘yicha ayrim mahalliy korxonalarda energiya sarfi dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 2 karra, sement ishlab chiqarishda esa 1,2 barobar yuqori. Shu bois, har bir tarmoq kesimida energiyani 10-15 foiz iqtisod qilish, 2030 yilda elektr energiyasi yo‘qotishlarini hozirgi 14 foizdan 8-9 foizgacha tushirish vazifa qilib olinmoqda.
Xorijiy investorlar bilan yana 26 milliard dollarlik 24 gigavattli loyihalar bo‘yicha ishlar boshlangan. Ularga ko‘p miqdorda uskuna va qurilish materiallari ishlatiladi.
Iste’molchilarga barqaror va uzluksiz elektr yetkazib berish, sohada kadrlar tayyorlashni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Mutasaddilarga bularning hammasini inobatga olib, elektr energetikasi sohasini 2035 yilgacha rivojlantirish dasturini tayyorlash topshirildi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:19 / 13.02.2025
Tramp va Mask demontaji: USAID o‘rnini Xitoy egallamoqda
Jahon | 16:35 / 13.02.2025
Ka’ba atrofida rasmga tushish taqiqlandimi?
Jamiyat | 14:35 / 13.02.2025
Tramp Putin va Zelenskiyga telefon qildi. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:32 / 13.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida 11,4 mlrd so‘mlik gazni talon-toroj qilgan zapravka aniqlandi
O‘zbekiston | 23:35 / 14.02.2025
-
Bukri kit odamni yutib yuborib, so‘ng tuflab tashladi - video
Jahon | 22:59 / 14.02.2025
-
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 22:38 / 14.02.2025
-
Poroshenko uzra qora bulutlar: sobiq prezident davlatga xiyonatda gumonlanmoqda
Jahon | 22:11 / 14.02.2025
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/dCB6PR35lV1zVRj5afTtxRloqJ_ubwll_medium.jpg)
16:36 / 14.02.2025
Xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlar rag‘batlantiriladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/5bFrxO0pCuKXbpAFSeiv0px0lIJqReF__medium.jpg)
16:34 / 14.02.2025
«Men buyuk el farzandiman» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/vee3QV4x33QP2mgB0oM8o2V3Et5W-hU__medium.jpg)
16:30 / 14.02.2025
O‘zbekistonda yoshlar ishsizligiga barham berish ishlari yangi bosqichga ko‘tariladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/UVmMHf6bJPwXmlMHweZqAYAT8gNsWSU6_medium.jpg)
14:27 / 14.02.2025