«Men buyuk el farzandiman» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi
Keksalar ishtirokida «Ajdodlar merosiga munosib avlod» g‘oyasi ostida yoshlarni birlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qildi. Yig‘ilishda mafkuraviy xavf-xatarlar allaqachon kibermakonga ko‘chib o‘tgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan yoshlarimizda internetdan foydalanish madaniyatini yanada yuksaltirish, ular yolg‘on ma’lumotlar qurboniga aylanishi, dunyoqarashi salbiy g‘oyalar ta’sirida shakllanishining oldini olish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yoshlarning ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash har bir odamning vazifasiga aylanishi shartligi ta’kidlandi.
Shu bois mutasaddilarga yoshlarning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash, ularni dardiga malham bo‘lib, muammosini hal qilib, turli g‘oyaviy xurujlardan asrash, zararli axborotlardan himoya qilish ishlarini kuchaytirish topshirildi.
Ilm-fan va ta’lim yo‘nalishidagi foydali mahalliy internet resurslari reyestri shakllantirilib, ulardan bepul internet tarmog‘i orqali foydalanish yo‘lga qo‘yilishi aytildi.
Qayd qilinishicha, keksalar ishtirokida «Ajdodlar merosiga munosib avlod» g‘oyasi ostida yoshlarni birlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Shuningdek, yoshlarda vatanparvarlik hissini oshirish maqsadida «Men buyuk el farzandiman» umummilliy harakatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yoshlarning tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda badiiy adabiyotning roli juda katta ekani ta’kidlandi. Bundan qirq yil oldin ustoz shoir Erkin Vohidov tashkil etgan «Yoshlik» jurnali faoliyatini kuchaytirib, uni yana yoshlarimiz sevib o‘qiydigan jurnalga aylantirish muhimligi ta’kidlandi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning yana bir hududi migrantlar mehnatiga cheklovlar joriy qildi
Jahon | 20:30
-
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari Xo‘jand qal’asini tomosha qildi
O‘zbekiston | 20:20
-
Fransiya antimonopoliya regulyatori Appleʼni 150 mln yevro jarimaga tortdi
Jahon | 20:08
-
Putin bahorgi harbiy xizmatga chaqirishga oid farmonni imzoladi. Armiyaga 160 ming kishi olib ketiladi
Jahon | 20:00
Mavzuga oid

20:20
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari Xo‘jand qal’asini tomosha qildi

18:54
Shavkat Mirziyoyev Xo‘jandda Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi

12:58
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi «tarixiy shartnoma» imzolandi

11:37