Volodimir Zelenskiy Myunxenda AQŞ bilan Ukrainadagi barça foydali qazilmalar zaxirasining yarmini Qöşma Ştatlarga berişni nazarda tutuvçi kelişuvni imzolaşdan boş tortdi. Bu haqda The Washington Post jurnalisti Joş Rogin xavfsizlik böyiça Myunxen konferensiyasida iştirok etgan amerikalik kongressmenlarga tayanib xabar berdi.

«Myunxendagi bir neçta kongressmenning aytişiça, AQŞ delegatsiyasi Zelenskiyga u imzolaşini istaşgan qoğozni topşirişgan. Uşbu hujjat orqali AQŞ Ukrainaning kelajakdagi barça foydali qazilmalar zaxirasining 50 foiziga egalik qilişi közda tutilgan. Zelenskiy xuşmuomalalik bilan unga imzo çekişdan boş tortdi», — deydi Rogin.

Reuters agentligi manbalarining ma’lum qilişiça, Zelenskiy Myunxenda amerikalik senatorlar guruhi bilan uçraşuv davomida AQŞ tayyorlagan kelişuvdan xavotirda ekanini bildirgan. «[Zelenskiy] undan tanişib çiqişga imkoniyati bölmagan hujjatni asossiz imzolaşni talab qilişayotganini his qildi», — deya ta’kidlaydi agentlik suhbatdoşlaridan biri.

Manbaga köra, Zelenskiy Ukraina mamlakat konstitutsiyasiga asoslangan öz taklifini tayyorlaşini aytgan. Qayd etilişiça, Kiyev vakillari 14 fevral kuni foydali qazilmalar böyiça ikki tomonlama kelişuvga oid öz takliflarini AQŞga topşirgan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 14 fevral kuni Myunxenda AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens bilan uçraşuv ötkazdi. Unda, şuningdek, davlat kotibi Marko Rubio va Trampning maxsus vakili Kit Kellog ham iştirok etgan. «Jamoalarimiz hujjat ustida işlaşni davom ettiradi», — dedi Zelenskiy muzokaralardan keyin.

Donald Tramp bir neça bor Kiyevga körsatilgan Amerika yordami evaziga Ukrainaning 500 milliard dollarlik noyob metallarini qölga kiritişni istaşini aytgan. Aftidan, gap titan, uran va litiy haqida ketmoqda. Trampning ta’kidlaşiça, AQŞ Rossiya va Ukraina örtasida tinçlik kelişuvi muvaffaqiyatli tuzilişidan qat’i nazar, Ukraina tabiiy resurslaridan foydalaniş imkoniyatiga ega bölişi kerak. Zelenskiy Ukraina körsatilayotgan yordam evaziga ğarbdagi şeriklari bilan foydali qazilmalarni birgaliklikda olişga oçiq ekanini ma’lum qilgan.