Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik Kengaşi AQŞning «Tinçlik sari yöl» rezolyutsiyasini qabul qildi, unda Ukrainadagi uruşni tezda töxtatiş kerakligi aytilgan, ammo Rossiya tajovuzkor sifatida körsatilmagan. 24 fevral, duşanba kuni bölib ötgan ovoz berişda hujjatni Xavfsizlik Kengaşining 15 a’zosidan 10 tasi – xususan, Rossiya, AQŞ va Xitoy qöllab-quvvatladi. Yana beş davlat, jumladan uning doimiy a’zolari Buyuk Britaniya va Fransiya ovoz berişda betaraf qolgan.
Ukrainada uruş boşlanganidan beri birinçi marta BMT Xavfsizlik Kengaşi bu haqda rezolyutsiya qabul qila oldi. Rossiyaning BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya buni tinç yöl bilan hal qiliş yölidagi keyingi harakatlar uçun boşlanğiç nuqta deb atadi.
BMT Boş Assambleyasi Ukrainadagi uruş yuzasidan ikki xil rezolyutsiya qabul qildi
Kun boşida BMT Boş Assambleyasi Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga baho berişda bir-biridan farq qiluvçi ikkita rezolyutsiyani qabul qildi.
Birinçi hujjat Ukraina va Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan tuzilgan. Unda Rossiyaning Ukrainaning bosib olingan hududlaridan zudlik bilan öz qöşinlarini olib çiqib ketiş va harbiy harakatlarni töxtatiş töğrisidagi töğridan töğri talab bor, bu BMTning avvalroq qabul qilingan qarorlariga mos keladi. Uni 93 davlat qöllab-quvvatladi, 65 davlat betaraf qoldi, 18 davlat qarşi ovoz berdi, jumladan, Rossiya va AQŞ.
Ikkinçi rezolyutsiya AQŞ tomonidan tayyorlangan. Unda Rossiya Federatsiyasining harbiy tajovuzkorligi qoralanmaydi, uruş «mojaro» deb ataladi, Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlari, Rossiya Federatsiyasi tomonidan xalqaro huquq normalarining buzilişi yoki mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklaş zarurati haqida söz yuritilmaydi.
Rezolyutsiya loyihasiga Yevropa davlatlari taşabbusi bilan özgartirişlar kiritildi, şundan söng unda Ukrainaning hududiy yaxlitligi va «adolatli tinçlik»ka erişiş haqidagi jumlalar paydo böldi. Hujjatni 93 davlat qöllab-quvvatladi. 72 davlat, jumladan AQŞ va Ukraina betaraf qoldi. Rossiya qarşi ovoz berdi.












