IQMath-2025 musobaqasi natijalariga köra eng yuqori natijalarni qayd etgan iştirokçilar qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi:
- Birinçi örin – BYD elektromobili
- Ikkinçi örin – Apple iPad Pro M4
- Uçinçi örin – Apple iPhone 16 Pro Max
- Jamoaviy sovrin – 4+1 Angliyada yozgi maktab
Bu yilgi tanlov nafaqat yutuqlar, balki xalqaro miqyosdagi ta’lim imkoniyatlarini ham taqdim etadi. Angliyaga yöllanmani qölga kiritgan jamoa yozgi maktabda iştirok etadi.
IQMath-2025 tanlovida 10–11-sinf öquvçilari, akademik litsey va kasb-hunar kolleji bitiruvçilari hamda 20 yoşdan oşmagan yoşlar qatnaşişi mumkin.
Olimpiada ikki bosqiçdan iborat:
Birinçi bosqiç (1–10 aprel):
- iq-math.uz platformasi orqali onlayn test (30 ta savol, 60 daqiqa).
- Eng yuqori ball töplagan 500 nafar iştirokçi ikkinçi bosqiçga yöllanmani qölga kiritadi.
Birinçi bosqiçda iştirok etiş uçun röyxatdan ötiş, qatnaşiş va natijalarni aniqlaş iq-math.uz ta’lim platformasi orqali amalga oşiriladi.
Ikkinçi bosqiç (18–21 aprel):
- Respublika kesimida Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti binosida offlayn şaklda ötkaziladi.
- (5 ta masala, 90 daqiqa)
- Ğoliblar yakuniy natijalarga köra aniqlanadi.
- Ğoliblar röyxati "iq-math.uz" saytida va UDEA ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.
IQMath-2025 olimpiadasida qatnaşiş istagida bölgan yoşlar 2025 yil 10 fevraldan 30 martgaça iq-math.uz sayti orqali röyxatdan ötişlari kerak.
Eslatib ötamiz, röyxatdan ötmaganlar olimpiadada iştirok eta olmaydi.
Olimpiada ğoliblari uçun mukofot jamğarmasi 2 milliard sömni taşkil etadi.



