Rossiya qöşinlari 8-noyabr, yakşanba kuni davomida Ukrainaning bir neçta viloyatiga köplab hujumlar uyuştirdi. Tinç aholi va qutqaruv xizmatlari xodimlari orasida halok bölganlar hamda yaralanganlar borligi xabar qilinmoqda.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmati (FVDX) maʼlum qilişiça, Rossiya dronlari Zaporijjya viloyatining Kamişevaxa aholi punktida işlayotgan qutqaruvçilar bölinmalariga uç marta hujum qilgan.

Qutqaruvçilar 2-noyabr kuni Rossiya aviatsiyasi tomonidan gumanitar yordam tarqatiş punktiga berilgan zarba oqibatlarini bartaraf etayotgan edi.

Dronlar FVDX avtomobillarini nişonga olgan. Hujum oqibatida ikki nafar haydovçi yaralangan.

Rossiya harbiylarining dronlari Xarkiv şahridagi qutqaruvçilarni ham nişonga olgan.

Şaharning Kievskiy tumaniga uçuvçisiz uçiş apparati bilan hujum qilingan. Oqibatda bir kişi jabrlangan, avtomobil yonib ketgan. Şuningdek, köp qavatli uyning derazalari va atrofda töxtab turgan avtomobillar şikastlangan.

Hujum oqibatlarini bartaraf etiş işlari davomida FVDX qutqaruvçilari Rossiyaning FPV-droni bilan takroriy hujumiga uçragan.

Xizmat maʼlumotiga köra, bu safar qutqaruvçilar orasida jabrlanganlar bölmagan.

Rossiya Dnipropetrovsk viloyatiga qariyb 40-marta hujum qildi

8-noyabr kuni Rossiya qöşinlari Dnipropetrovsk viloyatiga dronlar, artilleriya va aviatsiya bombalari yordamida qariyb 40-marta zarba berdi.

Bu haqda viloyat harbiy maʼmuriyati rahbari Aleksandr Ganja maʼlum qildi.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, hujumlar oqibatida ikki kişi halok bölgan, yana yetti nafar fuqaro yaralangan.

Şuningdek, köp qavatli va xususiy turar joylar, infratuzilma obyektlari, omborxonalar, tuman markazi binosi hamda avtomobillarga zarar yetgan.

Poltava viloyatining Kremençug şahrida esa dronlar köp qavatli bino va mehmonxonaga zarba bergan.

Hujum oqibatida 16 yoşli ösmir oğir tan jarohatlari olgan va şifoxonaga yotqizilgan.