Istalgan xonadon borki, unda qizining “Dadajon, çarçamadingizmi?”, “Dada, sizga çoy damlab beraymi?”, “Dadajon, sizni yaxşi köraman!” kabi yoqimli sözlari yangraydi. Bu otaning qalbini iliqlikka töldiradi, çarçoğini unuttiradi.

Har bir ota farzandlarini birdek yaxşi körsa-da, qizlari u uçun alohida mavqega ega. Ularning kelajagi uçun qayğurib, baxti uçun harakat qiladi. Çunki qiz – oilaning fariştasi. 

Qiz ham otasini qadrlaydi, uning mehnatini tuşunadi, doimo duoda bölib, soğliğini tilaydi. 

Universitetga öqişga kirgan yillarni eslayman: fakultetimizning 1-kursida yuzga yaqin talaba bor edi. Yarmidan ortiği qizlar. Tumanimizdan öğil bolalar ikki kişi öqişga kirgan bölsak, qizlardan beş nafari tahsil olardi. 
Öşanda öylab qarasam, oilalarda qizlarning ta’limiga öğil bolalarnikidan-da, köproq e’tibor berilar ekan. “Qiz öqigani yaxşi, borgan joyida qiynalmaydi”, deyişardi qişloqning soddadil ota-onalari. 

Oddiy oiladan aka va singil bir vaqtda öqişga kirgani esimda. U vaqtda oliygohlar soni sanoqli, öqişga kiriş maşaqqat – tanlov yuqori, kiriş ballari baland. Aka ham, singil ham kontraktga tuşib qoldi. Ikki talabani öqitişga oilaning iqtisodi kötarmaydi. Aka: “singlim öqisin” deb öz öqişidan voz keçdi, singlisini oliy ma’lumotli qildi. 

Özbegim — şunday oliyjanob.

Oilalarimizdagi otaning qiziga, ayoliga, akaning singlisi, opasi va onasiga muhabbati raqamlarda ham aks etadi: 

oliygohlarda ta’lim olayotgan milliondan ortiq talabalarning yarmidan köpini qizlar taşkil etadi. Magistraturada öqiyotganlar orasida qizlarimizning uluşi undan ham köp – 60 foiz.

Qiz va ayollarimizga e’tibor davlat siyosatidaham öz aksini topgan. Hozirda ehtiyojmand oilalarga mansub minglab xotin-qizlaroliygohlarga qöşimça davlat granti böyiça öqişga qabul qilinmoqda. Yuz minglab qizlarimiz uçun imtiyozli ta’lim kreditlari ajratilgan. Davlat oliygohlarining magistratura bölimida öqiyotgan barça xotin-qizlarning kontrakt pullari budjetdan tölanmoqda.

Qizlarimiz, opa-singillarimiz, ayollarimizning intellektual salohiyati nihoyatda baland, bugun ular har qanday sohada yuksak marralarni zabt etmoqda. Ular — şifokor, öqituvçi, muhandis, tadbirkor, san’atkor, deputat... Qaysi kasb, qaysi sohada mehnat qilişmasin, davlat va jamiyat taraqqiyotiga ulkan hissa qöşişmoqda.

Hayotda har bir inson sinovlarga duç keladi. Özbek ayoli esa sinovlar oldida sinmaydi, ularni sabr bilan yengib öta oladi. Avloddan-avlodga ötgan qadriyatlarimizni asrab-avaylaşadi, oilasi va farzandlari uçun ham butun borliğini bağişlaşadi. Ularning mehri va matonati tufayli oilalar – mustahkam, farzandlar –tarbiyali, jamiyat – farovon.

Özbek ayoli nafaqat gözallik va latofat, balki izzat-ikrom timsoli hamdir. Millatimiz esa öz qizlari va ayollariga şunday mehribon xalqdir.

Jurnalist.