2024 yilda «prava»si yo‘q haydovchilar 400 dan ortiq YTH sodir qildi – Senat javobgarlikni kuchaytirmoqchi
Oliy Majlis Senati o‘zining qonunchilik tashabbusidan foydalanib, JK 266-moddasi – o‘lim va jarohatlanishga olib kelgan YTHlar yuzasidan javobgarlikni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Yaqinda, voyaga yetmagan opa-singillarni urib yuborib, ikki norasidaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Foto: Oliy Majlis Senati
14 mart kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi ishchi guruhi yig‘ilishida «Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish» – Jinoyat kodeksining 266-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
Ma’lum qilinishicha, Senat o‘zining qonunchilik tashabbusi huquqi doirasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy normalarni takomillashtirmoqchi.
«Jinoyat kodeksining 266-moddasida nazarda tutilgan qilmish ehtiyotsizlik oqibatidagi jinoyat sifatida e’tirof etilsa-da, oxirgi vaqtlarda bu turdagi qilmishlar yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari, ayniqsa piyodalar, velosiped haydovchilari huquqlarini ochiq mensimaslik, muqaddam yo‘l harakati qoidalarini buzganligi yoki yo‘l-transport hodisasini sodir etganligi uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinganlar, shuningdek, mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida bo‘lgan shaxslar tomonidan sodir etilayotgani kuzatilmoqda.
Xususan, 2020–2024 yillar davomida mast haydovchilar sababli 600 ga yaqin yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilning o‘zida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslar tomonidan 405 ta YTH ro‘yxatga olingan», deyiladi Senat axborotida.
Senatorlarga ko‘ra, bunday holatlar aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda va ijtimoiy tarmoqlar orqali amaldagi qonunchilikni kuchaytirish lozimligi ta’kidlanmoqda.
Shu bois Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralardan olingan fikrlar asosida Jinoyat kodeksining 266-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol buzgan haydovchilarga nisbatan jinoyatning og‘irligini hisobga olgan holda jazo choralarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Yig‘ilishda Bosh prokuratura, Adliya va Ichki ishlar vazirliklari hamda IIV Akademiyasi tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida ishchi guruh tomonidan berilgan takliflar muhokama qilindi.
«Jinoyat kodeksining yuqorida qayd etilgan moddasida belgilangan huquqbuzarlikni transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxs yoxud mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida bo‘lgan shaxs tomonidan sodir etilganda og‘irroq jazo choralarini qo‘llashni nazarda tutuvchi tegishli qonun loyihasini tayyorlash uchun mas’ul vazirlik va idoralar vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruhni shakllantirish masalasi ko‘rib chiqildi», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining amaldagi 266-moddasi «transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish» odamlar o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa ham, eng og‘ir jazo — muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etish belgilangan.
Afsuski, O‘zbekistonda YTHlar oqibatida vafot etganlar soni yiliga mingdan oshayotgani sababli amaliyotda bu modda tez-tez ishlatilmoqda. Masalan, kuni kecha, Jizzaxda mast holda mashina boshqarib, piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 4 va 13 yoshli opa-singil urib ketgan haydovchi 3 yil mashina boshqarish huquqidan mahrum qilingan holda 9,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Ikki norasida halok bo‘ldi.
Avvalroq, Surxondaryoda Isuzi yuk mashinasi haydovchisi yo‘l chetida to‘xtab turgan mashinaga idishdan benzin quyayotgan 3 kishini urib yuborib, ularning o‘limiga sababchi bo‘lgan edi. Haydovchi ularga yordam berish o‘rniga hodisa joyidan qochib ketgan. Bu haydovchi ham 3 yil mashina boshqarish huquqidan mahrum qilingan holda 9,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
Jamiyat | 16:21
-
1 iyuldan birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 16:07
-
Urganch xalqaro aeroportini Janubiy Koreya kompaniyasi modernizatsiya qiladi
O‘zbekiston | 15:59
-
Toshkentda erkak o‘zaro kelishmovchilik ortidan tanishining Teslaʼsini yoqib yubordi
O‘zbekiston | 15:58
Mavzuga oid

14:12
Latviya o‘zbekistonlik haydovchilarni Boltiqbo‘yi va Skandinaviya mamlakatlarida ishga joylashtiradi

21:44 / 17.04.2025
Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bo‘layotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yo‘qotdimi?

08:20 / 17.04.2025
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

22:28 / 16.04.2025