Toşkent şahrida Tesla maşinasi yoqib ketildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, holat keça, 17 aprel kuni soat taxminan 23:40 larda Mirzo Uluğbek tumani Yalanğoç dahasi hududida joylaşgan avtoturargohda sodir etilgan. 1988 yilda tuğilgan M.J. özaro kelişmovçilik sababli 1983 yilda tuğilgan tanişi N.K.ga tegişli Tesla maşinasini yoqib yuborgan.

Körilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida fuqaro M.J. uşlangan. Holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qiliş yoki unga zarar yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga köra, maşinaga öt qöyayotgan erkakning harakatlari hududdagi kameralardan biriga tuşib qolgan. U avvaliga qölidagi idişda bölgan yonilğini maşina ustiga tökib çiqqan. Söngra öt qöyib, hodisa joyidan qoçib ketgan.

Toşkent şahar FVBning bildirişiça, 14 aprel kuni soat 23:51 da Yalanğoç dahasida elektromobil yonayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan. Yonğin-qutqaruv texnikalari manzilga soat 23:56 da yetib borgan hamda yonğin 23:59 da öçirilgan.

Yonğin oqibatida halok bölganlar yoki jarohat olganlar yöq.