Surxondaryo viloyatida 3 kişining ölimiga sababçi bölgan haydovçi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.
Sud hujjatida keltirilişiça, YTH 2024 yilning 7 oktyabr kuni soat 22:00 lar atrofida M-39 avtomobil yölining Boysun tumani Temirdarvoza mahallasi hududidan ötgan 116 kilometrida sodir bölgan. 1966 yilda tuğilgan haydovçi T.U. Isuzu yuk maşinasini “Termiz-Toşkent” yönalişida boşqarib borayotib, yölning oboçina qismida töxtab turgan Captiva maşinasi va uning yonidagi odamlarni urib yuborgan. Söngra ularga yordam bermasdan, hodisa joyidan qoçib ketgan.
Captiva’ning avariya çiroqlari yoniq holatda turgan. Uning yonidagi 3 kişi esa idişdan maşinaga benzin quyayotgan bölgan. YTH oqibatida J.Ya., S.R. va O‘.T. oğir tan jarohatlari olib, vafot etgan.
Isuzu haydovçisi Jizzaxga yetib kelganida uşlangan.
Sud majlisida T.U odamlarni urib yuborganini körgaç, soğligi yomonlaşgani va şu sababli hodisa joyidan ketib qolganligini bildirgan.
Sud hukmi bilan T.U.ga 3 yil maşina boşqariş huquqidan mahrum qilgan holda 9 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Oldinroq Jizzaxda mast holda maşina boşqarib, opa-singilning ölimiga sababçi bölgan haydovçi uzoq muddatga qamalgani xabar qilingandi.
















