Hindiston va Xitoy Trampning tahdidi sabab Venesueladan neft sotib olishni to‘xtatdi
AQSh prezidenti Venesueladan neft xarid qiladigan davlatlarga nisbatan 25 foizli boj joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. U 2 apreldan kuchga kiradi.

Foto: EPA / TASS
Donald Tramp tashqi siyosatda yangi vosita — ikkilamchi bojlarni o‘ylab topdi, deb yozadi The Moscow Times. U Venesuela neftini xarid qiluvchi davlatlardan import qilinadigan mahsulotlarga 25 foiz tarif joriy qilish bilan tahdid qildi. Bu esa Xitoy va Hindistonning neftni qayta ishlovchi kompaniyalarini hech bo‘lmaganda vaqtincha ushbu neftni sotib olishni to‘xtatishga majbur qildi.
24 mart kuni Tramp Venesueladan neft xarid qiladigan davlatlarga nisbatan 25 foizli boj joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. U 2 apreldan kuchga kiradi. Venesuela muxolifatga qarshi repressiyalari va Nikolas Maduroning uzurpatsiyasi sabab anchadan beri Amerika sanksiyalari ostida.
Shu bilan birga, AQShning o‘zi ham Venesuela neftiga xaridor hisoblanadi: mamlakatda ishlash va qazib olingan neftni eskport qilish litsenziyasini Vashington oldinroq Amerikaning Chevron, Ispaniyaning Repsol va Hindistonning Reliance Industries kompaniyalariga bergan. Qora bozorda esa Xitoy ustunlikka ega, u Venesuela neftining taxminan yarmiga (kuniga 500 ming barrel) bevosita va cheklovlarni chetlab o‘tib xaridorlik qiladi. Ushbu neft ko‘pincha yetkazib berish jarayonida Malayziya nefti sifatida qayd etiladi. «Xitoy – mazkur choralar qaratilgan asosiy nishon, chunki aslida u Venesuela neftining qora bozori hisoblanadi», – deydi Rays universiteti qoshidagi Beyker davlat siyosati institutining Lotin Amerikasi bo‘yicha energetika siyosati direktori Fransisko Monaldi.
Ta’kidlanishicha, agar Xitoy bo‘lmaganida Oq uy Monaldi aytganidek «ikkilamchi bojlarni» joriy etmagan bo‘lardi.
Bloombergʼga ko‘ra, Trampning tahdidlari o‘z natijasini bermoqda. Hindistonning neftni qayta ishlash bo‘yicha eng yirik xususiy kompaniyalaridan biri hisoblanuvchi Reliance Industries Venesueladan yangi xaridlarni bekor qilgan.
O‘tgan yil davomida Reliance Vashingtondan Venesuela bilan ishlash uchun ruxsat olgan va joriy yil boshidan beri 6,5 million barrel neft xarid qilgan.
Tramp Chevron kompaniyasiga esa Venesuela bilan ishlashni 3 apreldan to‘xtatishni buyurgan.
Xitoyning mustaqil neftni qayta ishlash zavodlari va neft treyderlari ham Venesuela nefti xaridini to‘xtatgan. Xitoydagi treyding kompaniyalarning top-menejerlarini so‘zlariga ko‘ra, ular aprel oyidan boshlab xomashyo xarid qilmaydi.
Treyderlar va tahlilchilarning fikricha, agar Pekin Venesuela neftini sotib olishni to‘xtatishni buyurmasa, mustaqil neftni qayta ishlash zavodlari vaqt o‘tishi bilan uning importini davom ettirish yo‘llarini izlay boshlaydi.
Trampning choralarining Xitoyning neft xaridlariga ta’siri minimal bo‘ladi, deydi shu kabi zavodlardan birining menejeri. «Neftni qayta ishlovchilarni 25 foizli bojlar bezovta qilmaydi. Hammasi Xitoy rahbariyatining pozitsiyasiga bog‘liq. AQShning bu harakatlari erkin savdo qoidalarini buzmoqda va Xitoy bunga qat’iy qarshi chiqadi», — deydi u.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariya 71 ta Leopard tankining Germaniyaga sotilishiga ruxsat berdi
Jahon | 18:47
-
“Ta’limga kirayotganimda jamiyatning bunaqa og‘ir ahvoldaligini bilmagandim” – xususiy ta’lim haqida
Jamiyat | 18:34
-
Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qildi
Jahon | 18:19
-
IIO xodimi qonuniy talabini bajarmaganlik uchun jarima miqdori oshiriladi
O‘zbekiston | 18:11
Mavzuga oid

20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025