Yevropa Ittifoqi Suriyaga nisbatan barça iqtisodiy sanksiyalarini bekor qildi. Bu haqda YeI kengaşi xabarida söz boradi. Yevropa rasmiylari şuningdek, Suriyaning 24 ta tuzilmasi jumladan, Markaziy bankini ham «qora röyxat»dan çiqardi.
«Kengaş Suriyaga nisbatan xavfsizlik masalalari bilan boğliq bölmagan barça iqtisodiy çeklov çoralarini bekor qiluvçi huquqiy hujjatlarni qabul qildi. [Huquqiy hujjatlarning] qabul qilinişi 20 may kuni e’lon qilingan siyosiy qarorni rasmiylaştiradi hamda Suriya xalqini yangi, inklyuziv, plyuralistik va tinç mamlakatni birlaştiriş va tiklaş yölida qöllab-quvvatlaşga qaratilgan», — deyiladi YeI kengaşi bayonotida.
Şu bilan birga, Yevroittifoq rasmiylari Suriya sobiq prezidenti Başar Asad rejimiga aloqador şaxslar va taşkilotlarga nisbatan sanksiyalarni 2026 yil 1 iyunga qadar uzaytirdi.
23 may kuni AQŞ Moliya vazirligi Suriyaga qarşi sanksiyalar yumşatilganini e’lon qilgandi. Çet el aktivlarini nazorat qiliş idorasi Suriya sanksiyalaridan amalda voz keçiladigan 25-sonli boş litsenziyani berdi. Sanksiyalarni yumşatiş «birinçi navbatda Amerika» strategiyasining bir qismi bölib, prezident Donald Trampning 13 maydagi Suriyaga qarşi sanksiyalarni töliq bekor qiliş haqidagi e’loniga mos keladi.
Ğarb davlatlarining Suriyaga nisbatan sanksiyalari mamlakatni Başar Asad boşqargan davrda joriy etilgan. 2024 yil dekabrda u hokimiyatdan ağdarildi va Rossiyaga qoçib ketdi. Hokimiyat tepasiga «Hay’at Tahrir aş-Şom» keldi. Ular Suriya demokratik davlatga aylantirilişini va’da qildi.












