Kun.uz’ning navbatdagi podkasti Toşkentdagi “Al-jabr” xususiy maktabi rahbari Matluba Qaraxodjayeva bilan bugun xususiy ta’limning biznesga aylantirilayotgani, ta’lim sifati va muammolari haqida böldi.

Ustoz himoya qilinmas ekan - bu tugamaydi

“80% xususiy maktablar özining komfort şaroiti bilan ota-onalarni öziga jalb qilib, bolalarni öqitib kelmoqda. Ulardayam ta’lim sifati past deya olmayman. Buni ta’lim sifatini nazorat qiluvçi taşkilotlar nazorat qiladi. Lekin bolaga yoşlikda komfort şaroitni şakllantirib bersak bu bola kelajakka qançalik maqsad qöya oladi? Ta’lim maskani yaratayotgan şaxs bunga e’tibor berişi kerak. Nafaqat maktabda – uyda ham keragidan ortiq şaroit yaratib bersam bolam maqsad qöya oladimi? Şaroitning zör bölişi maqsadsizlikka olib keladi.

Bola tarbiya qilayotgan ota-onalar maktab majbur, maktab mening aytganimni qilişi kerak. Davlat maktablarida ham, xususiy maktablarda ham bu tendensiya juda yomon şakllanib qolgan. Ijtimoiy tarmoqlarda öqituvçiga tazyiq ötkaziş, qöl kötariş kabi holatlarni yoritişda vaziyatni oxirigaça örganmasdan yoritib çiqilişidan xafa bölaman. Bu ustoz şu maqomga yetguniça qança maşaqqatlardan ötgan. Uni şu holatga olib kelgan boladami ayb yoki ustozdami? Ular yuzlab bolalar bilan işlaşadi. Qanaqa psixologik yordam berilyapti ustozlarga davlat tomonidan? Jamiyat, mas’ul taşkilotlar ustozni himoya qilmas ekan, bu tugamaydi”.

Maktab rahbariga köra, “Al jabr” xususiy maktabida öqituvçilar uçun psixologik yordam yölga qöyilgan. Maktabga qabul jarayonida maktab kodeksi bilan taniştirilib, öquvçi va ota-onaning vazifalari yuzasidan şartnoma imzolanadi. Bir yilda uşbu şartnomaga amal qilmagan 100 ga yaqin öquvçilarning ota-onasi bilan şartnoma bekor qilingan.

Son emas sifatga işlaymiz

“Öqişida, xulqida, içki tartib-qoidalarni qöpol ravişda buzgan 100 öquvçining ota-onasi bilan şartnomani bekor qildik. Son uçun işlamaymiz, sifat uçun işlaymiz. Bitta bölsin — kelajagini quradigan bölsin.

Ota-onalarning notöğri tafakkuri oilada bolaga “men 3 ga öqiganman, 5 olişing şartmas” degan tuşunçani singdirib qöyişyapti. Birorta ustoz bolaga yomonlik tilamaydi.

Juda köp e’tirozlar böladi. Har bitta maktabdan çetlaştirilayotgan ota-ona menga nisbatan negativ bilan ketadi. Norozi bölişadi, hatto ketmaslik uçun qöyilgan jarimaniyam tölaşga rozi bölişadi. Bizda öqişdan çetlaştirilmaslik uçun katta miqdorda jarimalar bor. Bir marta qöpol tarzda içki tartib-qoidani buzganlik uçun 5 mln jarima tölaş kerak”.