Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning ayrim moddalariga özgartiriş kiritiş haqidagi qonun ma’qullandi.

Qayd qilinişiça, sönggi vaqtlarda huquqbuzarlar tomonidan jamoat tartibini saqlaş va xavfsizligini ta’minlaş borasida xizmat olib borayotgan IIO va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik holatlari ortgan. Xususan, 2021 yilda içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik bilan boğliq 56474 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bölsa, 2022 yilda 88401 ta, 2023 yilda 88988 ta, 2024 yilda 85278 tasi qayd etilgan.

Şu bois, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga quyidagiça özgarişlar kiritilişi kutilmoqda:

- IIO va Milliy gvardiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaganligi uçun BHM 5-12 baravari miqdorida jarima (amalda 1 baravari);

- xuddi şunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo çorasi qöllanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan taqdirda BHM 12-30 baravari miqdorida jarima (amalda 15 baravari) yoki 15 sutkagaça muddatga ma’muriy qamoq.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullanib, imzolaş uçun prezidentga yuborildi.