Joriy yilda Ramazon hayitining birinçi kuni 30 mart – yakşanba kuniga töğri kelişi haqidagi Özbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uçun qabul qilinib, Özbekistonda 2025 yil 30 mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nişonlanişi belgilandi.
Şunga köra, Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:
- işlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvçi Ramazon hayitining birinçi kuni 2025 yilda yakşanba — dam oliş kuniga töğri kelişi munosabati bilan uşbu dam oliş kuni 31 mart — duşanba kuniga köçirilişi;
- bunda işlab çiqariş-texnik va taşkiliy şaroitlar (mavjud uzluksiz işlab çiqariş, aholiga har kuni xizmat körsatiş, navbatçilik asosida işlaş va boşqalar) tufayli işlanmaydigan bayram kunlari töxtatib qöyiş mumkin bölmagan işlarni bajarişda dam oliş kunlari köçirilmasligi ma’lumot uçun qabul qilingan.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari Din işlari böyiça qömita, Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boşqa hamkor taşkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyğun holda ötkaziş böyiça tegişli çora-tadbirlar amalga oşiriladi.
Turizm qömitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoşlarimiz uçun Ramazon hayiti kunlarida mötabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni taşkil etiş maqsadida qulay şaroit va imkoniyatlar yaratsin.
Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Özbekiston Milliy axborot agentligi va boşqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nişonlaş bilan boğliq tadbirlarni keng yoritiş tavsiya etiladi.








