Şu yilning 8 may kuni Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy şayx Nuriddin Xoliqnazar raisligida videoselektor yiğilişi bölib ötdi. 

Unda masjidlar holatini yaxşilaş, mömin-musulmonlar ehtiyojlarini ta’minlaş va imom-domlalar faoliyatini rivojlantirişga doir masalalar körib çiqilib, bir qator topşiriqlar berildi.

Yiğilişda taşkiliy masala ham körildi. Unda, öz arizasiga köra vazifasidan ozod etilgan Özbekiston musulmonlari idorasi raisi örinbosari Jaloliddin Hamroqulov örniga Samarqand viloyati boş imom-xatibi Zayniddin domla Eşonqulov Özbekiston musulmonlari idorasi raisi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Zayniddin Eşonqulov 1976 yilda tuğilgan. Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom instituti va Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Şuningdek, Misr Arab Respublikasidagi “Al-Azhar” universiteti malaka oşiriş kursini ötagan.

U mehnat faoliyati davomida Toşkent şahridagi “Hofiz Köhakiy”, “Imom Buxoriy” jome masjidlarida imom-xatib va Özbekiston musulmonlari idorasida turli vazifalarda xizmat qilgan. 2014 yildan buyon esa Özbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili, viloyat boş imom-xatibi va Payariq tumani “Imom Buxoriy” masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.