Ma’lum qilinişiça, dunyoning 140 ga yaqin mamlakatlari 105 ta parlamenti yetakçilari, 2000 dan ziyod parlament vakillari hamda 50 ta xalqaro taşkilotdan 110 nafar delegatsiya a’zolari uşbu anjumanda qatnaşişi kutilmoqda.

«Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uçun parlament harakati» mavzusida ötkaziladigan assambleyaning turkum yiğilişlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan köplab dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Forum yakunida iştirokçi mamlakatlar xalqaro hamkorlikning asosiy masalalari böyiça yakdil pozitsiyani aks ettiruvçi dasturiy hujjat – Toşkent deklaratsiyasini qabul qiladi.

Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasi nafaqat a’zo mamlakatlar, balki butun xalqaro parlament diplomatiyasi tizimi uçun ahamiyatga ega ekanini, şuningdek, bunday platformalar muloqot, işonç va global muammolarni hal qiliş yöllarini birgalikda izlaş imkonini berişi ta’kidlanmoqda.

Taşkilot haqida

Parlamentlararo ittifoq (Inter-Parliamentary Union, IPU) – xalqaro parlament taşkiloti bölib, 1889 yilda taşkil etilgan, hozirda 181 mamlakat parlamentlarini birlaştirgan parlamentlararo muloqotning eng yirik platformasi hisoblanadi.

1889 yil 30 iyun kuni Parijda ilk bor 9 ta mamlakatdan kelgan parlament a’zolari xalqaro parlamentlararo ittifoq yiğilişida uçraşdi. Keyinçalik uşbu sana xalqaro parlamentarizm kuni sifatida belgilandi. Dastlab, parlamentlararo ittifoq yiğilişlari «parlamentlararo konferensiyalar» deb nomlangan va asosan Yevropa davlatlarida ötkazilgan. 1956 yilda yiğiliş ilk bor Osiyo davlati – Bangkokda ötkazildi.

1989 yil Londonda bölib ötgan 82-yiğilişni qiroliça Yelizaveta oçib berdi va aynan şu yiğilişda Parlamentlararo ittifoqning 100 yilligi ham nişonlandi.

2025 yilda esa Parlamentlararo ittifoq ilk bor Markaziy Osiyo – Toşkentga kelmoqda va özining 150-yiğilişini ötkazadi. Ma’lum qilinişiça, IPU özining 136 yillik faoliyati davomida 150 ta yiğilişini ötkazib, dunyo böylab parlamentlarni demokratiya yölida birlaştiriş va ularni umumiy maqsad sari yetaklaşda davom etmoqda.