Bojxona yuk deklaratsiyasini töldiriş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga qator qöşimçalar kiritilmoqda.

Xususan, agar deklarant jismoniy şaxs bölsa, 14-grafada («Deklarant/bojxona brokeri») uşbu jismoniy şaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yaşaş manzili, telefon raqami va elektron poçta manzili (mavjud bölsa) körsatiladi.

28-grafada («Moliya va bank ma’lumotlari») bojxona tölovlarini tölovçi şaxsning STIRi (jismoniy şaxs bölsa, JŞŞIRi), bojxona tölovlari Özbekiston norezidenti tomonidan tölanganda bojxona brokeri yoki deklarantning STIRi (jismoniy şaxs bölsa, JŞŞIRi) körsatiladi.

Şuningdek, tölov usulining ikki belgili harfli «VZ» yangi kodi kiritilmoqda. Uşbu kod QQSni bojxona va soliq organlari örtasida özaro hisobga oliş orqali tölaş imkoniyati taqdim etilganda  47-grafaning («Bojxona tölovlarining hisobi») «TU» ustunida körsatiladi.

Bojxona tölovlarini bölib-bölib tölaş imkoniyati taqdim etilganda, 48-grafada («Tölovlarni keçiktiriş») bunday tölovlarni tölaş muddatlari, bojxona tölovlari turlari va tölov summalari kesimida körsatiladi.

Agar bölib-bölib tölaş imkoniyati taqdim etilgan bojxona tölovlarining turlari yoki muddatlari bir neçta bölsa, har bir ma’lumot alohida yangi qatorda körsatiladi.

Şuningdek yangilangan Bojxona postlari tasniflagiçi tasdiqlandi.