2025 yilning 5-9 aprel kunlari «Tashkent City» hududidagi Kongress holl majmuasida o‘tkaziladigan mazkur anjumanda dunyoning 180 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Senat matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, sammit «Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun Parlament harakati» mavzusida bo‘lib o‘tadi. 150-assambleya kun tartibidan global taraqqiyot uchun muhim bo‘lgan quyidagi mavzular o‘rin olgan:
- Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish;
- Qonun ustuvorligini ta’minlash;
- Inson huquqlarini himoya qilish;
- Gender tenglikni ta’minlash;
- Ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar muhokama qilinadi.
Assambleya so‘ngida Parlamentlararo ittifoqning rezolyutsiyalari va Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.















