Rossiyada Germaniyaning yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biriga tegişli zavod musodara qilindi. 4 aprel, juma kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Lyuksemburgning Nidda Lynx S.A R.L kompaniyasiga tegişli Nijniy Novgorod kimyo-farmatsevtika zavodi («Nijfarm») aksiyalarining yuz foizlik qismini vaqtinçalik boşqaruvga ötkaziş töğrisidagi farmonni imzoladi.
Nidda Lynx S.A.R.L. Germaniyaning Stada Arzneimittel AG kompaniyasining yagona aksiyadori bölgan Nidda Healthcare Holding Gmb tarkibiga kiradi.
Nidda Lynx S.A R.L "Nijfarm" aksiyalarini 2005 yildan beri ularga egalik qilgan Stada'dan 2023 yil noyabrida sotib oldi. Dekabr oyida "Nijfarm"ning özi Stada «Rossiya kompaniyasini alohida biznesga aylantirgani» va bu «içki qayta taşkil etiş» ekanligini tuşuntirdi. Stada global farmatsevtika bozoridagi eng muhim öyinçilardan biri hisoblanadi.
Rossiyaning "Farmirus" MÇJ kompaniyasi "Nijfarm" aksiyalari boşqaruvçisi etib tayinlandi. Yuridik şaxslarning yagona davlat reyestriga köra, kompaniya Anna Zaloginaga tegişli bölib, «loyiha talablari asosida dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalarni kompleks yetkazib berişni amalga oşiradi».












