Özbekistonning Andorraga yangi tayinlangan elçisi (qarorgohi Madrid şahrida joylaşgan) Farrux Tursunov Andorra knyazi-hamraisi, Urxelsk yepiskopi Joan Enrik Vives-i-Sisilga işonç yorliqlarini topşirdi.
Qayd etilişiça, tantanali marosimdan söng bölib ötgan suhbat çoğida Urxelsk yepiskopi elçini samimiy qutlab, Özbekistonda keçayotgan özgarişlar jarayonlarini katta qiziqiş bilan kuzatib borişini ta’kidlagan.
Andorra hamraisi Özbekiston millatlararo va konfessiyalararo totuvlikning muvaffaqiyatli namunalarini körsatayotgani, 130 dan ortiq millat va elatlar, şuningdek, 2000 dan ortiq diniy taşkilotlar tinç va özaro hurmat muhitida istiqomat qilayotganini e’tirof etgan.
Uçraşuvda Andorra kiçik bölişiga qaramay, Özbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirişga katta ahamiyat berayotgani, uni muhim va hurmatli hamkor sifatida qabul qilişi alohida qayd etilgan. Özbekistonning sayyohlik salohiyati, xususan Samarqand şahrining buyuk tarixi va madaniy merosiga e’tibor qaratilgan.
Bundan taşqari, Andorra hamraisi Özbekistonga taşrif buyuriş istagini bildirgan va andorralik yoşlarning boy tarix va madaniyatga ega mamlakatlarga qiziqişi ortib borayotgani, Özbekiston esa bunday yönalişlar orasida alohida örin tutayotganini ta’kidlagan.
Farrux Tursunov Özbekistonning Ispaniyadagi favqulodda va muxtor elçisi sifatida 2023 yil 7 dekabr kuni Madrid şahriga taşrif buyurgan edi. Diplomat 2024 yilning aprel oyida Özbekiston elçisi sifatida Ispaniya qiroli Filipp VI ga işonç yorliqlarini topşirgan.
Şuningdek, Farrux Tursunov mamlakatimizning BMT Turizm taşkilotidagi (avvalgi Butunjahon turizm taşkiloti) doimiy vakili hisoblanadi. Bundan taşqari, elçi Farrux Tursunov şu yil mart oyida Andorra hamraisi, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga işonç yorliqlarini topşirgan edi.












