Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov «Ğalaba kuni» bayrami oldidan maxsus xizmatlar Kreml va Qizil maydon hududida «terrorçilik hujumlari tahdidining oldini olganini» aytdi. Bu haqda u «Interfaks» bilan suhbatda ma’lum qildi.
Unga köra, Vladimir Putin AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatda Ukraina Rossiyaga qarata yuzlab dron va «Storm Shadow» raketalarini uçirgani, ularning aksariyati urib tuşirilganini aytgan.
«Prezidentimiz yaqinda nişonlangan buyuk Ğalaba yubileyi muhimligini ta’kidlab, Rossiya bayram arafasida uç kunlik sulh e’lon qilganini, şundan söng 6 maydan 7 mayga ötar keçasi Ukraina Rossiya hududiga 524 ta dron uçirganini, şuningdek, Amerikaning «Storm Shadow» raketalarini uçirganini eslatdi. Ularning deyarli barçasi Moskvaga yöllandi, bir vaqtning özida poytaxt markazida va Qizil maydonda teraktlar tahdidi oldi olindi», dedi Uşakov («Storm Shadow» aslida AQŞ emas, balki Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan işlab çiqariladi va yetkaziladi).
Uşakovning ta’kidlaşiça, Putin «albatta, bu haqda Trampga tasodifan aytmagan, çunki ukrainaliklar bayram tadbirlaridagi çet ellik iştirokçilarga töğridan-töğri tahdid qilişgan», şuningdek, «xorijiy yetakçilarni qörqitişga va ularning Moskvaga kelişiga tösqinlik qilişga» uringan. Rossiya tomoni «bu qörqitiş mualliflari natsist jinoyatçilarni hurmat qiladigan va militaristik qaraşlarni tarğib qiluvçilar bölganini» ta’kidlamoqçi edi.
Putinning yordamçisi «ikki prezidentning keçagi suhbatida bu mavzu yetarliça batafsil muhokama qilindi va buni alohida ta’kidlaş joiz», dedi.
Uning qöşimça qilişiça, prezidentlar «Ikkinçi jahon uruşi davrida mamlakatlarimiz ittifoqçi bölib, faşistlar Germaniyasi va militaristik Yaponiyaga qarşi birgalikda kuraşgani haqida uzoq va iliq sözlaşgan».
6 va 7 may kunlari Moskva va Rossiyaning boşqa hududlaridagi aeroportlar Ukraina dronlarining hujumlari tufayli iş faoliyatini töxtatdi. 8 may kuni tuşdan keyin Rosaviatsiya Moskva viloyati aeroportlarida vaziyat barqarorlaşgani haqida xabar berdi.












