AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukrainaga berilgan zarbalar yuzasidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tanqid qilgan posti «hissiy yuklama ta’siri» hisoblanadi, deb ma’lum qildi Kreml.
«Amerika tomoni sa’y-harakatlari bilan boşlangan muzokaralar jarayoni juda muhim yutuq. Biz amerikaliklar va şaxsan prezident Trampdan çin dildan minnatdormiz. Albatta, şu bilan birga, bu mutlaqo hamma uçun hissiy yuklama va hissiy reaksiyalar bilan boğliq bölgan juda muhim lahzadir», dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Peskovning qöşimça qilişiça, ayni paytda prezident Vladimir Putin «mamlakat xavfsizligini ta’minlaş uçun zarur bölgan qarorlarni qabul qilmoqda».
Oxirgi kunlarda Kiyevga berilgan zarbalarni izohlar ekan, Peskov ularni Ukraina hujumlariga javob deb atadi. «Biz ukrainaliklar ijtimoiy infratuzilma obektlarimizga, tinç infratuzilmalarimizga qanday zarba berayotganini körib turibmiz. Bu qarşi hujum. Lekin zarba aynan harbiy obektlarga, harbiy nişonlarga berildi», dedi Peskov.
U, şuningdek, Rossiya sulh memorandumi loyihasi haligaça Ukraina tomoniga topşirilmaganini ma’lum qildi, işlar davom etmoqda. Peskov sözlariga köra, bu «jiddiy hujjat» bölib, «diqqat bilan tekşiriş va tayyorlaşni» talab qiladi.
25 mayga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Ukraina hududiga qariyb 300 ta dron va 70 ta raketa uçirdi. Reuters buni keng kölamli uruş boşlanganidan beri eng katta hujum deb ta’rifladi. Şu kuni keçqurun 12 kişi halok bölgani va önlab odamlar yaralangani ma’lum böldi. Halok bölganlar orasida bir oilaning uç nafar farzandi ham bor.
26 may kuni Tramp post yozib, Vladimir Putinni ham, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni ham tanqid qildi.
«U butunlay aqldan ozgan! U zaruratsiz juda köp odamlarni öldiryapti va men şunçaki askarlar haqida gapirmayapman. Ukraina şaharlariga heç qanday sababsiz raketalar va dronlar uçirilmoqda», deb yozdi Tramp Putin haqida. Şuningdek, u öz mamlakati uçun «heç qanday yaxşilik qilmayotgan» Zelenskiyning bayonotlaridan ham norozi ekanini aytdi.












