Donald Trampning sönggi çiqişlarida Vladimir Putinga nisbatan keskin tanqidiy ohang paydo böldi. Xöş, Tramp Ukraina borasida siyosatini qayta körib çiqadimi? Mavzu yuzasidan tahlilçilar Şuhrat Rasul va Kamoliddin Rabbimov öz fikrlarini bildirdi.
— Tramp Putinni ilgari “döst” deb atagan, endi esa uni “aqldan ozgan” deya tanqid qilmoqda. Trampning pozitsiyasi özgaryaptimi?
Kamoliddin Rabbimov: Qisqa javob bersam, ha, Trampning munosabati kardinal özgaryapti. Amerika Qöşma Ştatlarining bugun global siyosatdagi ikkita masala böyiça ham pozitsiyasi öta jiddiy özgaryapti. Birinçisi, Donald Trampning Yaqin Şarqdagi Isroil siyosati böyiça. Ikkinçisi, bu Vladimir Putinga va umuman Ukraina uruşiga nisbatan tafakkuri özgarib boryapti.
Saylov kompaniyasi davrini eslaşimiz kerak. Donald Tramp ikkinçi marta saylanişidan oldin, har safar Zelenskiy Vaşingtonga kelib, prezident Jo Bayden yoki siyosiy elita bilan uçraşganida, Tramp faqat bitta gapni aytar edi: “Zelenskiy dunyodagi eng zör tadbirkor, har safar kelganida milliardlab dollarimizni olib ketyapti. Bundan zör tadbirkor yöq”, degan bir pozitsiyada edi.
Donald Tramp – birinçi marta prezident bölguniga qadar bir soat ham davlat boşqaruvida işlamagan, bir kun ham harbiy xizmatda bölmagan Amerika tarixidagi birinçi prezident. Köçadagi biznesmen odam prezident böldi. Qançalik Amerika siyosiy elitasi Donald Trampga qarşi çiqmasin, buni marginal demasin, u baribir prezident böldi. An’anaviy ravişda senatorlar yoki gubernatorlar prezident bölardi.
Donald Trampning Zelenskiyga nisbatan salbiy qaraşi nihoyatda kuçli edi. Ma’lum bir vaqt Trampga Vladimir Putin va Moskva ançagina ijobiy fonda körinayotgan edi. Çunki Donald Tramp biznesmen sifatida Amerika budjetini özining şaxsiy çöntagi sifatida köradi. U biror bir davlatga berilayotgan yordamni bu Amerikaning qudrati va global uzoq muddatli manfaati uçun investitsiya deb bilmaydi.
Donald Tramp hokimiyatga kelganidan buyon bosqiçma-bosqiç juda ham sabr bilan Putinga nisbatan diplomatiya qilişga harakat qildi, qilyapti. Zelenskiy Trampga yon berdi va kelişuvlarga marhamat deyotgan fonda Rossiya aksinça, Ukrainaga bosimni kuçaytiryapti.
Putin aslida katta kelişuvlarni istamaydi va u muzokaralarni vaqtni çöziş vositasi sifatida köradi. Rossiya har safar Ukrainaga keng kölamli hujum qilganida, Tramp buni yaxşiroq tuşunib bormoqda.
Şuhrat Rasul: Özgarişlar bor, albatta. Birinçi qismida Tramp Putinni “aqldan ozgan” dedi, keyingi nutqida esa agar men bölmaganimda Rossiyaning ahvoli yomon bölar edi, dedi. Umuman olganda, signal jönatyaptiki: “Men şu paytgaça senga suyançiq böldim, dastak böldim, lekin men fikrimni özgartirişim mumkin”.
Oçiqçasiga birinçi marotaba aytdiki, Rossiya yöq bölib ketişi mumkin. Bunga javoban rasmiy Moskva Bayden davridagidek keskin javob bermayapti. Faqat Dmitriy Medvedev uçinçi jahon uruşi boşlanib ketişi mumkin degan bir dağdağani ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi. Lekin u ham avvalgiday Vaşingtonga yadro raketasi jönatamiz degani yöq. Moskvaning ta’kidlaşiça, Rossiya tomoni muzokaralar uçun öz talablari dastasini tayyorlayapti ekan.
— Trampning sözlari va Putinning harakatlari muzokaralarga qanday ta’sir körsatişi mumkin? Diplomatik yöllar yopilmayaptimi?
Kamoliddin Rabbimov: Mening nazarimda Trampning asosiy maqsadi – Rossiyaga bosim qilib, aynan diplomatik intilişlarni, kelişuvlarni jadallaştiriş. Çunki u aytyaptiki, sen meni aldaganga öxşayapsan va Ukraina bilan uruşni kelişib töxtataman deyapsan, lekin aslida amaliyotda kuçaytiryapsan, dedi.
Agar rossiyalik ekspertlarni yoki harbiylarni eşitadigan bölsangiz, ular aytyapti: “Ha, katta tezlikda kirib bormayapmiz, lekin bizdan köra Ukraina zaif, bizning aholimiz köp, bizning mobilizatsiya imkoniyatimiz köp, bizning resurslarimiz köp”, degan qaraş bor. Tergov qömitasi rahbari Bastrikin uruşga kimlarni yollayotganini xattoki yaşirayotgani ham yöq.
***
Qizğin keçgan suhbat davomida Germaniya kanslerining Ukrainaga berilgan Ğarb qurollaridan Rossiya içkarisiga zarba beriş bilan boğliq çeklovlarni olib taşlaş haqidagi bayonoti ham muhokama qilindi.
Suhbatni töliq şaklda YouTube'da tomoşa qilişingiz mumkin.
Normuhammadali Abdurahmonov suhbatlaşdi.











