TIV ma’lumotiga köra, mazkur tadbirda YuNIDOning boş direktori örinbosari Siyong Çjou, taşkilotning innovatsiyalar, iqtisodiy transformatsiya masalalari böyiça ijroçi direktori Gyunter Beger, qişloq xöjaligi, innovatsiyalarni moliyalaştiriş, iqlim özgarişi va mintaqaviy boşqarmalari mas’ullari iştirok etdi.
Muloqot davomida YuNIDO bilan hamkorlikda mamlakatda amalga oşirilayotgan loyihalar holati muhokama etildi va ustuvor yönalişlar, yaqin va örta kelajakdagi rejalar töğrisida fikrlar almaşildi.
YuNIDO vakillari bugungi kunda Özbekistonda yengil sanoat, xususan töqimaçilik sohasi, sanoat zonalarini zamonaviy eko-sanoat parklarga aylantiriş, Orolböyi mintaqasi ekotizimi va sanoatini tiklaş kabi yönalişlarda yirik loyihalar böyiça samarali işlar amalga oşirilayotganini ma’lum qildi.
Şu bilan birga, xorijiy donor davlatlar va moliyaviy taşkilotlar iştirokida texnik hamkorlik orqali respublikada energetika, raqamlaştiriş va dekarbonizatsiya sohalarida yangi loyihalarni işlab çiqib, ularni hayotga tatbiq etişga tayyorliklarini bildirdi.
Amalga oşirilayotgan barça loyihalar respublika sanoati salohiyatini kuçaytiriş, çet eldan investitsiyalarni jalb qiliş maqsadida sohalarni ekologik va texnologik jihatdan tayyorlaş va Özbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoşligini oşirişga yönaltirilgan.
Uçraşuv söngida Özbekiston hukumati va YuNIDO örtasida hamkorlikni tizimli rivojlantiriş maqsadida qöşma "Yöl xaritasi"ni işlab çiqiş va taşkilot rahbariyatining Özbekistonga taşrifini amalga oşirişga kelişib olindi.












