
Netanyahu uçraşuv «Ğazoda garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça harakatlarga qaratilganini aytdi va «Hamas» harakatining harbiy va siyosiy imkoniyatlarini yöq qilişdagi qat’iyligini ta’kidladi.
Reutersʼning yozişiça, Tramp Netanyahu bilan seşanba kuni ikki kun içida ikkinçi marta uçraşdi. Suhbat Ğazodagi vaziyatga bağişlandi. Şu bilan birga, AQŞning Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Isroil va Hamas deyarli ikki yildan beri davom etayotgan uruşdan söng sulh bitimiga yaqinlaşayotganini bildirdi.
Al-Jazeera naşriga köra, seşanba oqşomida ötkazilgan rejadan taşqari uşbu uçraşuv taxminan bir soat davom etdi, ommaviy axborot vositalariga kirişga ruxsat berilmadi. Uçraşuv ayni paytda Isroil kuçlari Ğazoda kamida 95 nafar falastinlikni öldirgan pallada bölib ötdi.
Seşanba kungi muzokaralar oldidan Tramp Netanyahu bilan «deyarli töliq Ğazo böyiça» gaplaşişini bildirgan edi.
«Bu muammoni hal qilişimiz kerak. Ğazo bu — fojia. U (Netanyahu) bu muammoni hal qilmoqçi, men ham xohlayman, deb öylayman. Va menimça, boşqa tomon ham xohlaydi», - deya Trampning sözlarini keltirmoqda naşr.
Al-Jazeera muxbiri Mayk Xanna sözlariga köra, sönggi uçraşuvdan «juda kam ma’lumot» çiqqan, şuning uçun vaziyatni tuşuniş qiyin bölmoqda.
«Ammo bu darajada maxfiy ötkazilgani, muzokaralar tafsilotlari böyiça aniq bayonot berilmagani va uçraşuv bor-yöği bir soat davom etgani — bularning barçasi şuni körsatişi mumkin: qandaydir tösiq yuzaga kelgan. Bu holatda sönggi 24 soat içida ikki lider tomonidan ifodalangan optimistik kayfiyatni bulut qoplagan bölişi mumkin», - deydi Xanna.
Axios naşrining yozişiça, seşanba kuni Netanyahu yetib kelişidan avval Qatar delegatsiyasi Oq uyda yuqori martabali rasmiylar bilan uçraşgan.
Tramp Netanyahu bilan uçraşuvidan biroz oldin uning Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Stiv Uitkoff Ğazo böyiça öt oçişni töxtatiş kelişuvi deyarli tayyor ekanini va haftaning oxirigaça kelişuvga erişişga umid qilayotganini aytdi.
Uning sözlariga köra, Isroil va Hamasni töxtatib turgan muammolar törttadan bittaga tuşgan. «Umid qilamizki, hafta oxirigaça 60 kunlik öt oçmaslik sulhi böyiça kelişuvga erişamiz. 10 nafar garovdagi odam tirik holda ozod qilinadi, 9 nafar jasad topşiriladi», - degan Uitkoff jurnalistlarga.
Hozirça hal etilmagan yagona muammo — Isroil mudofaa kuçlari Ğazodan qaysi çiziqqaça çekinişi kerakligi masalasi.
Manbalarga köra, duşanba va seşanba kunlari tomonlar IDF qayta joylaşiş xaritalarini muhokama qilgan. Hamas sönggi sulh buzilişidan (mart oyi) avvalgi çiziqlargaça çekinişni talab qilmoqda, Isroil bu talabni rad etmoqda.
Ammo Netanyahu bu sözlardan söng AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson bilan uçraşuvda şunday dedi:
«Ğazodagi işimiz hali tugamagan. Barça garovdagilarni ozod qilişimiz, Hamasning harbiy va siyosiy imkoniyatlarini yöq qilişimiz kerak», - dedi u. «Sulh böyiça muzokaralar, albatta, davom etmoqda».

Isroil OAVlari Netanyahu Trampdan Ğazo böyiça kelişuvga erişiş uçun «jiddiy bosim» ostida qolganini xabar qilmoqda. Şuningdek, Tramp vakili Uitkoffning Doxaga uçiş rejasida keçikiş yuzaga kelgani haqida xabarlar bor. Bu esa avvaliga optimistik bayonotlar bergan Uitkoff pozitsiyasining özgarişiga sabab bölgan.












