Maşinaning ölçamlari şunday: uzunligi 4116 mm, eni 1768 mm, balandligi 1451 mm. Ğildiraklar bazasi 2591 mm. 5 kişiga möljallangan hetçbekning yukxona siğimi esa 391 litrga teng.

Saloni Renault 5 elektromobilini eslatib yuboradi: 2 ta katta displey, fizik tugmaçalar, oldinda 2 ta USB-C porti, simsiz quvvatlaş bölmasi.
Maşina E-Tech hibrid tizimi asosida harakatlanadi. Buning uçun 1,8 litrli atmosfera bosimi ostida işlaydigan benzinli dvigatel va ikkita elektromotor yordam beradi. Maşina 100 km tezlikka 8,3 soniyada çiqadi. Hibrid rejimda 1000 km masofa bosib öta oladi. 100 kmga yonilği sarfi esa 3,9 litrni taşkil qiladi.


Şuningdek, Clio’ning 1,2 litrli turbodvigatelli (115 ot kuçi) versiyasi ham bor. Bu Clio 100 km tezlikka 10,1 soniyada çiqa oladi.
Hozirça maşinaning narxi va sotuvga çiqiş sanasi ma’lum emas.










