Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boysun tog‘larida 9200 yillik mehnat qurollari topildi
Surxondaryo viloyati Boysun tog‘larida joylashgan To‘da g‘orida olib borilgan arxeologik qazishmalar davomida qadimiy mehnat qurollari va yovvoyi donli o‘simliklar qoldiqlari topildi.
Foto: gov.uz
Qazishma ishlari vaqtida qadimiy tosh o‘roqlar, yovvoyi donlarning urug‘lari hamda ularga ishlov berishda foydalanilgan mehnat qurollari aniqlandi. Mutaxassislarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, ushbu topilmalar qariyb 9200 yil avvalgi davrga oid.
Arxeologik qazishmalar davomida nafaqat o‘simlik qoldiqlari, balki tosh pichoqlar, o‘roqlar va yovvoyi arpaga ishlov berish uchun mo‘ljallangan boshqa asboblar ham topilgan. Ularning yuzasida g‘alla poyalarini o‘rish va qayta ishlash jarayonlariga oid izlar saqlanib qolgan.
Xalqaro tadqiqotchilar guruhi aniqlashicha, mazkur kashfiyot mintaqaning qadimiy aholisi ovchilik va terimchilik bilan bir qatorda ilk dehqonchilik amaliyotlaridan ham foydalanganini ko‘rsatadi.
Germaniyadagi Geoantropologiya instituti ilmiy xodimi Robert Shpenglerning ta’kidlashicha, bu topilmalar dehqonchilikning yagona hududda emas, balki dunyoning turli mintaqalarida, jumladan Yevrosiyoda ham mustaqil ravishda shakllanganini tasdiqlaydi.
Arxeologlarning ma’lum qilishicha, xuddi shunday qurollar Levant hududi hamda Qirg‘izistondagi Obishir-5 manzilgohida ham uchraydi. Bu esa qadimgi dehqonchilik an’analari bir necha hududlarda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lganini ilmiy asoslaydi.
Mavzuga oid
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026
Surxondaryoda neft daryo o‘zaniga oqib ketdi
10:15 / 17.04.2026