Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hukumati yadroviy falokat ro‘y bergan taqdirda xalqqa tovon to‘lash majburiyatini oldi
O‘zbekiston Vena konvensiyasiga qo‘shilish orqali, yadro obektlarida noxush hodisalar sodir bo‘lishi oqibatida yetishi mumkin bo‘lgan zarar uchun javobgarlikni zimmasiga oldi.
O‘zbekiston Respublikasi yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963 yil 21 may) qo‘shilmoqda. Tegishli qonun 26 sentabr kuni prezident tomonidan imzolandi.
O‘zbekiston bu konvensiyaga qo‘shilishi bilan, fuqarolik yadro obektlarida sodir bo‘lgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni zimmasiga oladi.
Hukumat zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy normalarni tan oladi.
Shuningdek, yadroviy javobgarlik rejimida yadroviy falokat yuz bergan taqdirda O‘zbekiston xalqiga tovon to‘lanishi ta’minlanadi.
Konvensiyaning asosiy maqsadi – yadroviy qurilma operatori tomonidan boshqariladigan inshootlarda sodir bo‘lgan hodisalar natijasida yuzaga kelgan yadro zarari uchun operatorning javobgarligini, shuningdek, yadro zararidan moliyaviy himoyani ta’minlash uchun minimal talablarni belgilashdan iborat.
Bu xalqaro hujjatni qabul qilish yadro energetikasi sohasida sug‘urta tizimi va kompensatsiya mexanizmlarini joriy etishga ham xizmat qiladi.
Bundan tashqari, Atom energiyasi xalqaro agentligi bilan hamkorlik aloqalari kengayadi, agentlik dasturlari doirasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish ishlari faollashadi.
Ushbu konvensiyaga 50 ga yaqin mamlakat a’zo bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 26 sentabr kuni Jizzaxda quriladigan kichik AES yaqinida an’anaviy katta quvvatli AESni ham joylashtirish bo‘yicha Rossiya tomoni bilan bitim imzolandi.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
16:12 / 05.06.2026
AESda ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr narxi 1000 so‘mdan past bo‘ladi - Azim Ahmadxo‘jayev
10:59 / 05.06.2026
O‘zbekistonda quriladigan AES qiymati 9,5 milliard dollardan oshmaydi - "O‘zatom" direktori
08:19 / 05.06.2026