Respublikadagi 300 ta dehqon bozorlarida içki işlar bölimlari, davlat soliq inspeksiyasi, veterinariya xizmati va bozor ma’muriyati bilan hamkorlikda doimiy nazorat örnatilişi yölga qöyildi, deya xabar berdi Sanepidqömita matbuot xizmati.

Hamkorlikda taşkil etilgan örganişlar davomida sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan, yaroqlilik muddati ötgan, organoleptik körsatgiçlari me’yor talablariga javob bermaydigan 130 tonna 574,87 kg oziq-ovqat mahsulotlari va uy şaroitida tayyorlangan taomlar savdosi taqiqlanib, örnatilgan tartibda brakovka qilindi.

Göşt, sut, qandolat, salat va non mahsulotlarini savdo rastalaridan taşqarida, aravaçalarda, maxsus kiyimlarsiz, tibbiy körikdan ötmasdan, sanitariya qoidalariga zid ravişda savdo qilayotgan 514 nafar fuqaroga ma’muriy bayonnoma tuzilib, örnatilgan tartibda jarimaga tortildi.

Dehqon bozorlarida quyidagi muammolar mavjud:

  • 111 ta dehqon bozorida göşt sotiş uçun, 158 ta dehqon bozorlarida sut va sut mahsulotlarini sotiş uçun maxsus jihozlangan pavilonlar taşkil etilmagan;
  • 27 ta dehqon bozorida veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari taşkil etilmagan;
  • 8 ta dehqon bozorlarida jamoat hojatxonalari, 17 ta dehqon bozorida çiqindilarni vaqtinça yiğiş uçun maxsus çiqindixonalar taşkil etilmagan;
  • 80 ta dehqon bozorida suv ta’minoti kiritilmagan, 142 ta dehqon bozorida oqova suvlarni yiğiş va zararsizlantiriş işlari taşkil etilmagan;
  • 77 ta dehqon bozorlarida dezinfeksiya tadbirlarini ötkaziş uçun vakolatli taşkilotlar bilan şartnomalar tuzilmagan.