Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 12 noyabr kuni Yelisey saroyida Falastin yetakçisi Mahmud Abbosni qabul qildi. Makronning qayd etişiça, u «Falastin davlati prezidenti» bilan muzokaralar olib borgan. Abbos Parij Falastin davlatini tan olganidan beri Fransiyaga birinçi taşrifini amalga oşirmoqda, deb yozdi Euronews.

«Biz birgalikda ikki davlat - Isroil va Falastin tinçlik va xavfsizlikda yonma-yon yaşaydigan ertangi kunga tayyorgarlik körmoqdamiz», deb yozdi Makron ijtimoiy tarmoqda.

Muzokaralar «Ğazodagi vaziyatni barqarorlaştiriş» va «zarur islohotlarni» amalga oşiriş orqali «Falastin davlatini mustahkamlaşga» qaratilgan edi.

Emmanuel Makron Mahmud Abbos bilan uçraşuv yakunlari böyiça qöşma bayonotda «Falastin ma’muriyatini uruşdan vayron bölgan Ğazo sektoriga tezroq qaytişga» çaqirdi.

Fransiya prezidentining fikriça, islohotlar «Isroil yonida yaşovçan, demokratik va suveren Falastin davlatini yaratişning zarur şartidir». Ikki davlat rahbarlari Falastin konstitutsiyasini işlab çiqiş böyiça «qöşma qömita» taşkil etilişini e’lon qildi.

Öz navbatida, Mahmud Abbos Falastin muxtoriyatida islohotlarni, şuningdek, prezidentlik va parlament saylovlarini ötkazişga «sodiqligini» tasdiqladi.

Makronning aniqlik kiritişiça, saylovlar Ğazoda «öt oçişni töxtatişning ikkinçi bosqiçiga ötganidan bir yil ötgaç» bölib ötadi. Birinçi bosqiç hali davom etmoqda. Makronning ta’kidlaşiça, «barça Falastin hududlarida, jumladan, Şarqiy Quddusda erkin, şaffof va demokratik saylovlar ötkaziş» ustuvor vazifa hisoblanadi.

Abbosning Fransiyaga taklif etilişi yahudiylar davlatida norozilik uyğotdi. Isroilning Fransiyadagi elçixonasi e’lon qilgan bayonotda Mahmud Abbos «Fransiyani manipulyatsiya qilayotgani» aytiladi. Ta’kidlanişiça, «Abbos Xolokostni rad etadi, 20 yil davomida hokimiyatni uşlab turgan siyosatçining maşhurlik reytingi esa 15 foizdan kam».