Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologiya sohasidagi yangi boshqaruv tizimi va O‘zbekistonning xalqaro turnirdagi g‘alabasi – mahalliy dayjest
Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.
Ekologiya vazirligi hukumat tarkibidan chiqarilib, mustaqil qo‘mitaga aylantirildi
O‘zbekistonda ekologiya va turizm sohalaridagi boshqaruv tizimi o‘zgaradi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Vazirlar Mahkamasi tizimidan chiqarilib, uning negizida amaldagi shtat birliklari saqlangan holda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashkil etiladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi esa ekologiya organidan ajratilib, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etiladi. O‘rmon agentligi, O‘zgidromet va Chiqindilarni boshqarish agentligi o‘z faoliyatini Ekologiya qo‘mitasi huzurida davom ettiradi.
O‘zbekiston milliy jamoasi xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi, o‘smirlar terma jamoasi jahon chempionatini tark etdi
Birlashgan Arab Amirliklarning Al-Ayn shahrida o‘tkazilgan Al Ain Cup xalqaro turniri finalida O‘zbekiston milliy jamoasi Eronni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. O‘yindan keyin bosh murabbiy Fabio Kannavaro omadi borligini, chunki juda aqlli o‘yinchilarga ega ekanini aytdi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Qatarda o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finalida Italiyaga 2:3 hisobida yutqazdi. Shu tariqa o‘zbekistonliklarning jahon chempionatidagi ishtiroki yakunlandi. O‘yindan keyin bosh murabbiy Islombek Ismoilov futbolchilar va muxlislar bilan iliq xayrlashdi.
Soliqdan eng ko‘p qarzi bor qurilish kompaniyalari ma’lum qilindi
2025 yil 1 noyabr holatiga soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish korxonalari soni 1209 tani tashkil etmoqda. Ularning umumiy qarzdorligi 1,2 trln so‘mdan oshgan. Shundan 311,2 mlrd so‘mi, ya’ni 23,9 foiz soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Eng ko‘p qarzdor korxonalar: “Mohir-Quruvchi” MChJ – 65,3 mlrd so‘m; “Avtosanoat-Injiniring” MChJ – 63,9 mlrd so‘m; “Aziya Invest Favorit” MChJ – 63,9 mlrd so‘m.
Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 391 mlrd so‘mni, Toshkent viloyatida 322,7 mlrd so‘mni, Andijon viloyatida 147,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.
O‘zbekistonda inflatsiyani yangi uslubda hisoblashga o‘tiladi
Xalqaro valuta jamg‘armasi ekspertlari bilan birgalikda 2026 yildan O‘zbekistonda inflatsiyani hisoblash uslubiyotini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Yangi tizim bilan iste’mol narxlari indeksini hisoblashda:
- 10 kunlik (har oy 10–20 sanasida) kuzatuvdan 30 kunlikka o‘tish;
- narx kuzatuvi obektlari sonini 4 500 dan 7 200 ga oshirish;
- muqobil ma’lumotlar manbalaridan olinadigan oylik narxlar sonini 100 mingtaga yetkazish ko‘zda tutilyapti.
Toshkentda Soliq boshqarmasi bosh inspektori 5 ming dollar bilan ushlandi
Surxondaryodagi to‘qimachilik korxonasiga nisbatan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash ishi doirasida 8,7 mlrd so‘mlik qo‘shimcha soliqni bekor qilish evaziga 5 ming dollar olgan Toshkent shahar Soliq boshqarmasi bosh inspektori Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:47 / 04.12.2025
Prezident gaz portlashida jabrlanganlar bilan uchrashdi va 4,5 mln tonnalik paxta rejasi – mahalliy dayjest
22:05 / 03.12.2025
Toshkentda tungi ekoreydlar va Guliston bozoridagi fojia – mahalliy dayjest
23:11 / 02.12.2025
«Afrosiyob»dagi prezident va ko‘p qavatli uylarda yong‘in xavfsizligi choralari – mahalliy dayjest
21:31 / 01.12.2025