“Gazprom-media” holdingi, jumladan, videokontentni tekşiriş va unda narkotiklar, alkogol sahnalari va boşqa “nomaqbul” kontentning “tarğiboti” bor-yöqligini aniqlaş uçun möljallangan raqamli platformaga yuzlab million rubl sarmoya kiritdi. Bu haqda yakşanba kuni, 11 yanvarda Forbes naşri media sohasidagi manbaga tayanib xabar qildi.
Gap 12 ta moduldan iborat “Predikto” platformasi haqida ketmoqda. Ularning bir moduli kontentni moderatsiya qiliş uçun möljallangan bölib, video tekşirilgandan keyin faylni rangli belgi bilan qaytaradi — bu belgilar nomaqbul kontent alomatlari bor yoki yöqligini körsatadi, deb yozadi naşr.
Forbes manbasining aytişiça, platforma asosida bir neça yil oldin “Gazprom-media” tuzilmalari bilan hamkorlikni boşlagan Rossiya startapi Predicto texnologiyalari yotadi. Naşr suhbatdoşi da’vo qilişiça, 2023 yilda Predicto xodimlariga “Gazprom”ga yaqin tuzilmalarga işga ötiş taklif qilingan va köpçiligi rozi bölgan.
Forbes qayd etişiça, 2023 yilda Predicto ştatida 40 kişi işlagan, 2024 yilda esa ularning soni tört nafargaça qisqargan.
“Gazprom” axborot boşqarmasida jurnalistlarga ma’lum qilinişiça, Predicto’ning ayrim raqamli yeçimlari “Gazprom-media” holdingi tarkibidagi “Gazprom Media TsR” bölinmasi buyurtmasi asosida işlab çiqilgan. Naşr ma’lumotlariga köra, bu yeçimlar Raqamli rivojlaniş vazirligi reyestriga mahalliy dasturiy ta’minot sifatida kiritilgan.
Roskomnadzor esa audiovizual servislar tomonidan “huquqqa zid axborot”ni aniqlaş uçun köriladigan “har qanday texnik va taşkiliy çoralar”ni olqişlaşini bildirgan. Idora qöşimça qilişiça, avtomatlaştirilgan yeçimlardan foydalaniş platformalarga qonunçilikni buzuvçi kontentni mustaqil aniqlaş imkonini berişi kerak.
“Gazprom-media” holdingi Premier onlayn-kinoteatriga, Yappy vertikal videoservisiga, TNT va “Pyatnitsa” telekanallariga, şuningdek Rutube platformasiga ega. Rossiya hokimiyati Rutube’ni YouTube’ga ehtimoliy muqobillardan biri sifatida köradi.
Rossiyada “tarğibot” uçun javobgarlik qat’iylaştirilgani va mavjud bölmagan xalqaro harakat “ekstremistik” deb tan olinganidan keyin onlayn platformalar film va seriallardan qonunbuzilişi deb talqin qilinişi mumkin bölgan sahnalarni olib taşlay boşladi.








