Kompaniya dron tahdidlarini aniqlaşga möljallangan yangilangan EAS DOME tizimi işlaşini jamoatçilikka körsatdi va xalqaro bozorga çiqiş rejalarini oçiqladi. Ta’kidlanişiça, yangilangan EAS DOME ekotizimi sensor ma’lumotlarini avtomatik tahlil qilib, tahdidni tez aniqlaş imkonini beradi.
16 fevral kuni Toşkentda mahalliy antidron tizimlari işlab çiqaruvçi – Electronic Autonomous Solutions (EAS) tomonidan yopiq texnologik forum ötkazildi. “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida bölib ötgan tadbirda 250 dan ortiq iştirokçi, jumladan, vazirliklar, diplomatik korpus vakillari va davlat korporatsiyalarining top-menejmenti rahbarlari qatnaşdi. Forumning asosiy natijasi 2024–2025 yillardagi real tahdidlarni tahlil qiliş asosida yaratilgan yangilangan himoya ekotizimining taqdimoti böldi.
Özbekiston bozori uçun EAS loyihasi yuqori texnologiyalar sohasida import örnini bosuvçi mahalliy yeçim sifatida körilmoqda. 2022 yilda taşkil etilgan kompaniya qisqa vaqt içida ilk prototiplardan portativ, statsionar va mobil antidron tizimlarini seriyali işlab çiqariş bosqiçigaça yetib keldi.

Inson kapitali va mutaxassislar qaytişi
EAS biznes modelining asosi – öz ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik (loyiha) işlariga e’tibor qaratişdir.
Bugungi kunda kompaniya ştatida 70 ga yaqin mutaxassis faoliyat olib bormoqda, ularning aksariyati texnik xodimlar hisoblanadi. Rahbariyat xalqaro tajribaga ega kadrlarni jalb etişga alohida e’tibor qaratmoqda.
“Bugungi kunda jamoamizda AQŞdan Özbekistonga qaytgan mutaxassislar işlamoqda. Xorijiy texnologik kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan yurtdoşlarimizni olib kelib, ularga mamlakatimizda şaroit yaratib berişni maqsad qilganmiz. Bu global rivojlaniş standartlarini mahalliy mahsulotga integratsiya qiliş imkonini beradi”, – deydi EAS boş direktori Azizbek Ubaydullayev.

Qaror qabul qilişda avtomatlaştiriş va SI
Yangi EAS DOME tizimining texnologik yadrosi ilgari katta inson resurslarini talab qilgan jarayonlarni avtomatlaştirişga asoslangan.
EAS DOME yeçimi sensorlardan keladigan ma’lumotlarni tahlil qilişda sun’iy intellektni joriy etişni nazarda tutadi. Tizim tört bosqiçli algoritmdan foydalanadi: radioçastotali skanerlaş, radar bilan tasdiqlaş, vizual kuzatib boriş va sun’iy intellekt yordamida nişonni tasniflaş. Faqat obekt töliq identifikatsiyalanganidan söng, tizim neytrallaş ssenariylarini taklif qiladi: radioelektron bostirişdan tortib, avtomatik koordinatalar böyiça işlaydigan tutib oluvçi FPV dronlardan foydalanişgaça.
EAS texnik direktori Behzod Sulaymonov nima uçun sun’iy intellektni joriy etiş xavfsizlik sanoati uçun juda muhim ekanligini tuşuntirdi.
“Bugungi kunda turli sensorlardan kelayotgan ma’lumotlar şunçalik köpki, ularni tezkor qayta işlaş uçun inson resurslari yetarli emas. Biz qaror qabul qilişni osonlaştiriş uçun boşqaruv va nazorat tizimiga sun’iy intellektni joriy qildik. Vazifamiz axborot oqimini tahlil qiladigan va mas’ullar uçun tayyor javob ssenariylarini tayyorlaydigan tizimni yaratişdan iborat”, – deydi Behzod Sulaymonov.

C2 va C4 standartlari: havo böşliğini töliq nazorat qiliş arxitekturasi
Taqdimotda C2 va C4 standartlarini joriy etişga alohida e’tibor qaratildi. Bu tizimlar barça himoya vositalarini yagona raqamli tarmoqqa birlaştirib, yuqori texnologiyali datçiklar töplamini osmonni boşqarişning qudratli intellektual ekotizimiga aylantirgan holda havo hududini töliq nazorat qiliş imkonini beradi.

Agar C2 (command and control) protokollari yagona tezkor vaziyatni şakllantirib, himoya resurslari örtasida vazifalarni taqsimlaşni avtomatlaştirsa, C4 (command, control, communications and computers) arxitekturasi ma’lumotlarni öta qisqa vaqt içida almaşiş va ulkan hisoblaş quvvatlari uçun poydevor yaratadi. Bunday yondaşuv ştab, mobil guruhlar va avtonom modullar faoliyatini real vaqt rejimida sinxronlaştiriş orqali havo hududini töliq nazorat qiliş imkonini beradi.

C4 – jarayonning boşlanğiç nuqtasi hisoblanadi. Keyingi bosqiç esa sun’iy intellektga asoslangan qaror qabul qilişni qöllab-quvvatlaş tizimini joriy etişdan iborat. Kompaniya oddiy monitoringdan boşqaruvning intellektual, prognozlovçi va tavsiyaviy modeliga ötmoqda. Bugun EAS C4 arxitekturasini yaratayotgan bölsa, ertaga sun’iy intellektga tayanadigan töliq raqamli xavfsizlik ekotizimini şakllantiradi.
Biznes strategiyasi va global maqsadlar
Forum davomida kompaniya 2026 yilda xalqaro bozorga çiqiş böyiça strategik maqsadini rasman e’lon qildi. Mahalliy işlab çiqaruvçining asosiy ustunligi moslaşuvçan tizim arxitekturasida: ular mijozning mavjud xavfsizlik infratuzilmasiga oson ulanadi hamda ekstremal iqlim şaroitlariga moslaşgan bölib, töliq mustaqil quvvat manbai hisoblanadi va himoyalangan korpusga ega.
Forum mutaxassislari eksport faoliyatiga ötişni mintaqaning texnologik yetukligini tasdiqlaşning mantiqiy bosqiçi sifatida baholamoqda. Uçuvçisiz uçiş apparatlarini aniqlaş va zararsizlantiriş tizimlarini işlab çiqiş böyiça öz maktabiga ega böliş Özbekistonga xorijiy yetkazib beruvçilarga qaram bölmaslik va havo makonida xavfsizlik standartlarini mustaqil ravişda şakllantiriş imkonini beradi. Bugungi kunda bu iqtisodiyotning uzoq muddatli barqarorligi va texnologik mustaqilligini ta’minlaşning zaruriy şartiga aylanmoqda.
Sayt: eascompany.uz
Instagram: @eascompany.uz
Reklama huquqi asosida






