AQŞ va Isroil boşlagan Yaqin Şarqdagi uruş uçinçi kunki davom etmoqda. Uruş barça pardalarni kötardi, endi hamma bir-biriga bor kuçi bilan raketa otişga kirişdi. Ali Xominaiy öldi, Eron arab davlatlaridagi Amerika bazalariga hujum qilyapti, Saudiyadagi dunyoda eng katta neftni qayta işlovçi zavodga hujum qilindi, Amerika harbiylarini yöqota boşladi, Erondagi maktabda yuzlab bolalar öldi.
Barça pardalar kötarildi
Biz Ukrainadagi uruş haqidagi mulohazalarda bir gapni köp aytamiz: 2022 yil 24 fevral kuni dunyoda barça siyosiy pardalar kötarildi. Çunki öşa kuni barça zamonaviy dunyoda bir davlat boşqasiga hujum qilsa, bor kuçi bilan bostirib kirsa, heç nima bölmasligi, siyosiy muvozanat haqida aytilgan gaplar safsata ekanini kördi. Öşandan keyin dunyoda juda köp uruşlar alanga oldi, xuddi katta hisob-kitob boşlangandek.
Eron va AQŞ, Isroil va Eron duşman ekani azaldan ma’lum. Tehronda islom inqilobi sodir bölib, yangi hukumat kelgan olis 1979 yildan buyon bular uçovi duşman. 40 yillik duşmanlik tarixida Eron proksi kuçlar orqali Isroil bilan uruşib keldi, har zamonda Tehronda isroilliklarning terakt körinişida operatsiyalari bölib turdi. Lekin töğridan-töğri, yoppasiga uruş bölmagandi.
Ötgan yil yozda barçasi özgardi. Amerika prezidentligiga dösti Tramp qaytganidan quvvatlangan Binyamin Netanyahu Eronga raketa yoğdirdi. Eron avvallari bayonotlar bilan çeklanar, Isroil Ğazoga bostirib kirganida ham heç nima qilmagandi. Vaholanki HAMASni qöllovçi asosiy davlat Eron edi. Falastin yerlarida boşlangan uruş Tehronning reputatsiyasiga jiddiy zarar yetkazdi, «Bular faqat bayonot bilan çeklanadi, heç qanaqa kuçi yöq», deyişdi. Lekin Isroil raketalari Tehron osmonida uça boşlagaç, eronliklar ham jangga kirişdi, Isroilga raketa uçirdi.
Öşa uruş ikki haftada tugagandi, lekin hozir vaziyat boşqaça. Yaqin Şarqda davlatlar munosabatlarini yaşirib turgan eng nozik pardalar ham kötarildi, endi kim kimga duşman ekanini oçiq körsatmoqda. Eron oliy rahbari öldirilgaç, arab davlatlaridagi Amerika bazalarini nişonga olyapti. Tehron endi oçiqçasiga arab davlatlariga «Amerika hujumiga yordam berganingiz, öz yerlaringizdan ularga baza berganingiz uçun şaharlaringizni jahannamga aylantiramiz», deyapti. Arab olamining eng maşhur şahri Dubay bugun şarpalar şahriga aylangan. Şahar köçalari böş, har zamonda qayergadir raketa tuşadi. Ana u maşhur «Burj al arab» mehnonxonasida ham portlaş böldi.
Duşanba kuni Saudiyadagi Aramco neft zavodiga Eron droni hujum qildi. Ma’lumot uçun, bu dunyodagi eng katta neftni qayta işlaş zavodi. Neft narxi osmonga uçişni boşladi (aytgança, neft narxi oşayotganidan bir davlat maza qilyapti). Mintaqadagi ikki eng katta davlat Saudiya va Eron. Aramco zavodiga odatda Yamandan turib hujum qilinardi, lekin bu gal hujum töğridan-töğri Erondan turib amalga oşirildi.
Tramp Eronga hujum qilganidan keyin Tehron arablarni şunaqa öqqa tutyaptiki, bir qaraşda Eron — arab uruşi boşlanib ketgandek. Lekin arab davlatlari Eronga javob bergani yöq. Işoning, berolmaydi ham. Arab davlatlari mudofaasini tölaligigaça Amerikaga işonib qöygan, katta ehtimol hujum böyiça mustaqil qaror qabul qilolmaydi ham.
Şu örinda bir mulohaza: arablar tölaligiça Amerika qurollari bilan jihozlangan, lekin Eron raketalari guvullab neft va harbiy obektlarni portlatmoqda. Dubaydagi zarba natijasida amerikalik yuqori martabali MRB ofitserlari ham ölgan. Demak Amerika qurollari ham juda maqtanadigan emaskan-da, töğrimi?
E’tibor beryapsizmi, Eron avvallari bunaqa intensivlik bilan hujum qilmasdi, juda çeklangan miqdorda raketa otardi. Hozirgi hujumlarni körgan odam demak Ali Xominaiy harbiylarni katta hujumdan tiyib turgan ekan, deb öylaşi mumkin.
Qizlar maktabiga hujum
Amerika va Isroil hujumi vaqtida raketalardan biri Minob şahridagi qizlar maktabiga tuşgan. Eron rasmiy naşrlariga köra, kamida 150 nafar odam halok bölgan, yuzlab odamlar yaralangan. Qurbonlarning aksari yoş-yoş öquvçi qizlar. Bu haqda dunyodagi jiddiy naşrlar ham yozib çiqdi, fors naşrlari maktabdan olingan kadrlarni e’lon qilyapti.
Bu hodisa Amerika va Isroilning Eronga qarşi uruşidagi eng dahşatli epizodga aylandi. Ba’zi naşrlar «kadrlar boşqa şaharda olingani, maktabga Eron harbiylarining raketasi tuşgani» haqida versiyalar e’lon qilyapti, lekin endi bunaqa gaplar bilan heç kimni oqlab bölmaydi. Uruş bölmaganida heç kimning raketasi begunoh maktab bolalarini öldirmasdi. Bu kimning raketasi bölgani endi muhim emas, yuzlab qizçalar ölimida ikki inson aybdor: Donald Tramp va Binyamin Netanyahu, böldi, boşqaça bölişi mumkin emas.
Esingizda bölsa, yaqinda Eronda hukumatga qarşi namoyişlar sodir bölgan, minglab odamlar ölgandi. Öşanda Tramp eronliklarga yordam yölda, degan, lekin heç qanday yordam bermagandi. Keça Isroil boş vaziri Netanyahu çiqib eronliklarga murojaat qildi va bezbetlarça «Bu siz kutgan yordam», deb aytdi. Eronliklar qaçon sizdan maktabga raketa oting deb söragandi?
Tramp va Netanyahu eronliklarni hozirgi xaos fonida hukumatni qölga olişga çaqirdi, lekin Eron köçalarida hukumatga qarşi odamlar yöq, hukumatni egallaşga uriniş ham yöq. Qaytanga Tehron oldingidan ham köproq vajohat bilan hujum qilmoqda. Bir mamlakatga raketa yoğdirib öşa mamlakat fuqarolariga «Biz sizlarga yordam beryapmiz, ozod qilyapmiz», degan gapni oldin ham bir davlatdan eşitganmiz. Bunaqa işlardan keyin raketa otganga nafrat kuçayadi, qaytanga jamiyatni ularga qarşi birlaştiriş osonroq böladi. Heç kim köz öngida maktab bolalarini öldirgan davlatni döst deb bilmaydi.
Bu kimning manfaati özi?
Donald Tramp kutilganidek Eronga hujum uçun Kongress ruxsatini söragani yöq. Barçasini mustaqil boşladi, faqat operatsiya vaqtini dösti Netanyahu bilan muhokama qilgan. Va Amerika jamiyatida, siyosatçilarida savol paydo bölyapti: bu uruş heç qanaqasiga Amerika manfaatlariga mos emas, uruş kimning manfaati uçun bölyapti özi? Keling, janoblar, mister Tramp sizga aytmaydigan javobni men aytay, Isroil manfaati uçun, Binyamin Netanyahuning manfaati uçun!
Har qança dahşatli bölmasin, juda tor doiradagi odamlar guruhi butun Yaqin Şarqni jahannamga aylantiriş böyiça qaror qilgan. Ular tabiiyki demokratiyaga ham, xalqaro huquqqa ham tupurgan. Qiziği, Tramp ötgan yil yozda Eronga hujum qilganida «Tehron yadro dasturini yöq qilganini» aytgandi. Lekin endi «Hujum qilmasak, Eron ikki haftada yadro quroli yasardi», deb turibdi. Erondagi raketa otadigan hududlarni yöq qildik, deyişgandi, lekin Eron bunça raketalarni qayerdan turib otyapti? Bu boloxonador bayonotlarning barçasi general Konaşenkovning çiqişlarini eslatib yuboryapti...
Jahon uruşimi?
Köpçilik hozirgi uruş fonida bir narsa haqida öylamoqda — uçinçi jahon uruşi boşlandimi? Yöq, azizlar. Jahon uruşi bölişining har qança ğalati bölmasin, öz talablari bor. Avvalo ikki tomonda alohida davlatlar emas, katta-katta koalitsiyalar uruşişi kerak. Jahon uruşlarining asosiy xususiyati — ular dunyo xaritasini özgartiriş uçun boşlanadi. Hozir esa ikki davlat bir davlatga hujum qilyapti, öşa bir davlat önlab davlatga raketa otyapti, bu önlab davlatlar esa boyagi hujum qilgan davlatlardan biri nima qilarkin deb javob ham bergani yöq. Bunda mintaqaviy uruş elementlari bor, lekin köp davlatlar öz hududiga raketa tuşganiga jim qarab turgani uçun buni mintaqaviy uruş deb ham bölmaydi.
Xullas, Donald Tramp juda yomon uruş boşladi. Köramiz, noyabrdagi oraliq saylovlarda Amerika fuqarolari bugungi dahşatga reaksiya bildirarmikin? Yoki hamon ular uçun tuxum narxi oşişi hammasidan muhimroqmikin?..












