Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh ma’qullagan rahbargina Eronni boshqarishi mumkinligini aytdi
AQSh prezidenti Eronning amaldagi hokimiyatiga aloqador nomzodni ham ma’qullashi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga munosib odamlar ko‘p.
Eronning yangi oliy rahbari avval AQShning ma’qullovini olishiga to‘g‘ri keladi, AQSh prezidenti Donald Tramp ABC News telekanaliga bergan intervyusida.
«Uni biz ma’qullashimiz kerak bo‘ladi. Agar bizning ma’qullovimizni olmasa, u taxtda uzoq qololmaydi. Hozir qilayotgan ishimizni har o‘n yilda qaytadan bajarishga to‘g‘ri kelmasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak», — dedi u.
Shu bilan birga, Tramp Eronning amaldagi hokimiyatiga aloqador nomzodni ham ma’qullashi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga munosib odamlar ko‘p.
U Eron butun Yaqin Sharqni bosib olishni rejalashtirgani va «hujum qilmoqchi bo‘lgan»ini qo‘shimcha qildi.
Eron oliy yetakchisi Ali Xominaiy 28 fevral kuni Isroil va AQSh zarbalari oqibatida halok bo‘lgandi. Hozirda mamlakatni prezident Mas’ud Pizishkiyon, Oliy sud raisi G‘ulom-Husayn Muhsiniy va Eron Fiqh kengashi a’zosi Alirizo A’rofiydan iborat Muvaqqat kengash boshqarmoqda.
Yangi oliy yetakchi 88 nafar ruhoniyat vakillari (mujtahidlar)dan iborat Ekspertlar kengashi tomonidan saylanishi kerak.
Avvalroq Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Eronning Hominaiy yo‘lini davom ettiradigan har qanday yangi yetakchisi yo‘q qilish uchun nishonga aylanishini aytgandi. Tramp esa hokimiyatga Ali Xominaiyning o‘g‘li Mo‘jtabo Xominaiy kelishini qo‘llab-quvvatlamasligini va mamlakatning yangi rahbarini tanlashda shaxsan ishtirok etish niyati borligini bildirgan.
Mavzuga oid
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026