Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehron AQSh infratuzilmasiga zarba berish bilan tahdid qildi
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron rahbariyatiga murojaat qilib, mamlakatdagi elektr stansiyalar va ko‘priklarni portlatish bilan tahdid qilgandi.
Eron armiyasi AQShning Fors ko‘rfazi hududidagi infratuzilmasiga xuddi Eronga qilingan hujum kabi zarbalar beradi. Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqoiy ana shunday bayonot berdi.
"Biz infratuzilmamizga qilingan hujumlarga Amerikaning mintaqada joylashgan obektlariga xuddi shu tarzda javob qaytaramiz", - deya Baqoiyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Al Jazeera telekanali.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Eron rahbariyatiga murojaat qilib, mamlakatdagi elektr stansiyalar va ko‘priklarni portlatish bilan tahdid qilgandi.
«Seshanba Eronda bir vaqtning o‘zida Elektr stansiyalar kuni va Ko‘priklar kuni bo‘ladi. Bunaqasini hali ko‘rmagansiz!!! Aqldan ozgan ablahlar, la’nati [uyatli so‘z] (originalida – fuckin strait ) bo‘g‘ozni oching, aks holda do‘zaxga ravona bo‘lasizlar. Buni ko‘rasiz!» – deyilgan uning postida.
4 aprel kuni Tramp Eronga ultimatum qo‘yib, Tehronda Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish uchun ikki kun qolayotganini aytdi.
«Yodingizda bo‘lsa, men kelishuv tuzish yoki Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish uchun Eronga o‘n kun vaqt berganman. Vaqt tugamoqda – ularning boshiga do‘zax kuni tushishiga 48 soat qoldi», – deya yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Mavzuga oid
21:33
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13