Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi Beshqo‘rg‘on bozorida yirik yong‘in va «uchastkavoy»larga daydi topish rejasi – mahalliy dayjest
Toshkent shahri Olmazor tumani IIB amaldori profilaktika inspektorlariga ko‘chadan daydi topib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Toshkentda «Ippodrom» nomi bilan mashhur bo‘lgan hududdagi Beshqo‘rg‘on bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar bilan ushlandi. Kunning shu va boshqa muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.
«Uchastkavoy»larga ko‘chadan daydi topib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish topshirig‘i berildi
Toshkent shahri Olmazor tumani IIB amaldori Abror Xudoyberdiyev profilaktika inspektorlariga ko‘chadan daydi topib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. U «300 ta» qilishi kerakligini aytib, barcha xodimga ko‘chaga chiqishni buyurgan.
Xususan, audioda Abror Xudoyberdiyev daydi topmagan xodim qarindoshini yoki o‘zini daydi sifatida «yopishi» bo‘yicha aytgan.
IIV matbuot xizmati Kun.uz so‘roviga javoban holat o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar bilan ushlandi
2024 yildan buyon viloyat hokimining turizm bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Isomiddin Ismanov Bobur shaharchasidagi 20 sotix yerni hujjatlashtirib olib berish evaziga 50 ming dollar talab qilgan. U bu pulni o‘z uyida olayotganida qo‘lga tushdi.
5 aprel kuni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, hokim o‘rinbosari protsessual tartibda ushlangan.
Toshkentdagi Beshqo‘rg‘on bozorida yirik yong‘in yuz berdi
5 aprel kuni Toshkentda «Ippodrom» nomi bilan mashhur bo‘lgan hududdagi Beshqo‘rg‘on bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. 8 ming kv.m maydonni egallagan ofat uzoq davom etdi va ko‘tarilgan tutun shaharning olis nuqtalarigacha ko‘rinib turdi.
Olov savdo do‘konlaridan tashqari ko‘plab avtomobillarga ham tiklab bo‘lmas darajada talafot yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
FVV hozircha yong‘in yetkazgan zarar miqdori hisoblanayotgani, jarohatlanganlar va vafot etganlar yo‘qligini ma’lum qildi.
Talabalarni ta’lim jarayoniga aloqador bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlandi
Adliya vazirligi tomonidan oliy ta’lim sohasiga oid muhim idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, oliy ta’lim tizimini tashkil etish, ta’lim jarayoni, boshqaruv va talabalar huquqlariga oid qoidalar yangidan belgilab berildi.
Yangi nizomda oliy ta’lim tizimini tashkil etish, ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish, boshqaruv va moliyaviy munosabatlar, shuningdek, talabalar hamda pedagog xodimlarning huquq va majburiyatlari aniq belgilab berilgan.
Muhim jihatlardan biri — talabalarni ta’lim jarayoniga aloqador bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanishi belgilangan.
Mavzuga oid
20:26 / 03.04.2026
Farg‘onada mudhish qotillik, O‘shga aviaqatnov va xodimga berilgan zarba – mahalliy dayjest
20:09 / 02.04.2026
Gulistonda odamlar evakuatsiyasi va tibbiyotchilarga 5 kunlik ish haftasi – mahalliy dayjest
19:51 / 01.04.2026
«Aliment»chilarga yangi cheklovlar, «texpasport»ga 5 yillik muddat va poyezd kechiksa kompensatsiya – mahalliy dayjest
22:07 / 31.03.2026