Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangilangan Temuriylar tarixi muzeyi va bank ilovalari bo‘yicha o‘zgargan tartib – mahalliy dayjest
Temuriylar tarixi davlat muzeyi rekonstruksiya qilindi, prezident uni ko‘zdan kechirdi. Mahalla profilaktika inspektori ortiqcha vazifalardan xalos etilishi aytildi. Bank va to‘lov kompaniyalari ilovasidan foydalanish bo‘yicha yangi tartibga tushuntirish berildi. Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.
Amir Temur tavalludining 690 yilligi nishonlandi
O‘zbekistonda Amir Temur tavalludining 690 yilligi nishonlanmoqda. Sana munosabati bilan mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va madaniy tadbirlar o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev 9 aprel kuni Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, mashhur davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. So‘ngra rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyini ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari yangilangan ekspozitsiya va boshqa sharoitlar bilan tanishar ekan, ajdodlar merosini o‘rganish, asrab-avaylash va targ‘ib etishning naqadar muhim ekaniga urg‘u berdi. Shuningdek, muzeyning mehmonlar kitobida dastxat qoldirdi.
Mahalla profilaktika inspektori ortiqcha vazifalardan xalos etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 aprel kuni jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Davlat rahbari bugungi tahlikali zamonda mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ishonchli ta’minlash eng ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.
Mahallalarda profilaktika ishlarini tashkil etish holatiga alohida e’tibor qaratildi. Ularni ortiqcha vazifalardan xalos etib, bevosita o‘ziga yuklatilgan ishga – mahallada xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va aholi muammolari bilan manzilli ishlashga to‘liq yo‘naltirilgan tizim yaratish zarurligi ta’kidlandi.
Bank va to‘lov kompaniyalari ilovasidan foydalanish bo‘yicha yangi tartibga tushuntirish berildi
Markaziy Bank 22 apreldan masofaviy moliyaviy xizmatlarda xavfsizlik bo‘yicha joriy etilgan yangi tartib haqida tushuntirish berdi. Qayd qilinishicha, o‘zgarishlar faqat yangi mijozlarga taalluqli.
Agar mijozning telefon raqami, JShShIR va bank kartasi egaligi bir-biriga mos kelsa, u ilovadan foydalanishi mumkin bo‘ldi. Muammo faqat bitta holatda paydo bo‘ladi: agar telefon raqam yoki bank karta mijozga umuman aloqasi bo‘lmagan begona shaxs nomida bo‘lsa. Masalan, begona odam nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqam; boshqa odamning bank kartasi.
Yangiyo‘lda 121 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi
Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrining Lazzat mahallasida tadbirkor 121 tup daraxtni noqonuniy qo‘porib tashlagan. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 1,68 mlrd so‘mga yaqin zarar yetkazilgan. Ta’kidlanishicha, to‘plangan hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.
Toshkentda avtobus yo‘l haqini to‘lamagan 32 ming kishi jarimaga tortildi
Yanvar, fevral, mart oylarida Toshkent shahri avtobuslarida yo‘lkirani to‘lamasdan harakatlangan 32 mingdan ortiq yo‘lovchi javobgarlikka tortildi.
Transport inspeksiyasiga ko‘ra, qaysi yo‘nalishdagi avtobuslarda reydlar kuchaytirilsa, shularda yo‘l haqini to‘lash darajasi oshishi kuzatilyapti. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasiga asosan, jamoat transportida yo‘lkira to‘lamagan yo‘lovchilar BHM o‘ndan bir qismi (hozir 41 200 so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi.
Mavzuga oid
19:36 / 08.04.2026
Renovatsiyada qo‘shimcha kompensatsiya va haykalni o‘pgan ayolga jarima – mahalliy dayjest
19:48 / 07.04.2026
Gaz quyish shoxobchasida portlash va xususiylashtiriladigan “UzAuto Motors” – mahalliy dayjest
19:33 / 06.04.2026
Toshkentdagi Beshqo‘rg‘on bozorida yirik yong‘in va «uchastkavoy»larga daydi topish rejasi – mahalliy dayjest
20:26 / 03.04.2026