Dastur Caspar Craven’ning «Yangi dunyoni eski xaritalar bilan boşqarib bölmaydi: özgariş yangi fikrlaşni talab qiladi» mavzusidagi asosiy nutqi bilan oçildi. Unda özgaruvçan şaroitda moslaşuvçan fikrlaş va yetakçilikning ahamiyatiga urğu berildi.

«Kundalik ekotizimlar: mahsulotni mijoz yöli asosida yaratiş» mavzusidagi panelda iştirokçilar mijozga yönaltirilgan va uzluksiz işlaydigan platformalar foydalanuvçi tajribasini qanday özgartirayotgani haqida fikr almaşdi. Muhokamada Uzum’ning mahsulot va texnologiyalar böyiça direktori Kevin Khanda, Paynet boş direktori Anvar Isamuxamedov, Bir Ecosystem’da mahsulot, marketing va mijoz tajribasi uçun mas’ul Maksim Yevdokimov, Yandex Uzbekistan’ning fintex yönalişi rahbari Semyon Morgunov hamda TBC Uzbekistan’ning mijoz tajribasi böyiça direktori Sergey Çekalkin iştirok etdi. Suhbatni Özbekiston Fintex assotsiatsiyasi raisi va ösiş böyiça direktor Nargis Döstmatova olib bordi. Muhokamada texnologiya, ma’lumot va mijoz tajribasini uyğunlaştiriş orqali ommaviy va kundalik ehtiyojlarga mos yeçimlar yaratiş muhimligi qayd etildi.

Investitsiyalar va mintaqaviy rivojlanişga bağişlangan «Raqamli Ipak yölini faqat sarmoya bilan barpo etiş mumkinmi?» mavzusidagi panelda moliya, infratuzilma va strategik yondaşuv örtasidagi boğliqlik muhokama qilindi. Sessiyani AICA – Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi boşqaruv direktori Behzod Ismoilov olib bordi. Unda PASHA Financial Holdinğda innovatsiyalar rahbari va INMerge Ventures boşqaruvçi hamkori Tughra Musayeva, MOST Holding boş direktori va hammuassisi Alim Hamitov, IT Park Ventures boş direktori Daler Nodirov, UzVC boşqaruvçi hamkori Abdulazal Toşxöjayev hamda DOMiNO Ventures boşqaruvçi hamkori Mustafa Kopuk iştirok etdi. Mutaxassislar fikriça, sarmoya muhim bölsa-da, barqaror ekotizim uçun malakali kadrlar, aniq qoidalar va xalqaro hamkorlik ham zarur.

Roadshow yakunida startaplar tanlovi ötkazildi va ularni yetakçi mintaqaviy investorlar baholadi. Ğolib bölgan uçta jamoa 2026 yil 8–9 oktyabr kunlari Bokuda bölib ötadigan asosiy INMerge sammitida iştirok etiş imkoniyatini qölga kiritdi. Birinçi örinni olgan “Screenix AI” töliq moliyalaştiriladi, “UGC Market Uzbekistan” va “Redeem” esa qisman qöllab-quvvatlanadi.

2026 yilgi Roadshow turkumi doirasida Toşkent tadbiri mintaqaning innovatsion salohiyati ortib borayotganini namoyon qildi. Şu bilan birga, INMerge turli ekotizimlar, sarmoya va ğoyalarni birlaştiruvçi maydon sifatida öz örnini yanada mustahkamladi.