Hodisa Şayxontohur tumani hududida sodir bölgan bölib, uning videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab böldi.

Tarqalgan videoda uç nafar otliq tunda yölning öng qatori böylab harakatlanayotgani, avtomobillarga yöl bermagani aks etgan. Videotasvirga olayotgan avtomaşina taxminan soatiga 60 kilometr tezlikda harakatlangani ham körinib turadi.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan holat iştirokçilari aniqlanib, ular içki işlar organlariga çaqirilgan.

Ma’lum qilinişiça, ular öz qilmişini tan olib, xatosidan puşaymon ekanini bildirgan va kelgusida bunday harakatlarga yöl qöymaslikka va’da bergan.

Içki işlar organlari esa umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarida bunday harakatlar nafaqat iştirokçilarning özi, balki boşqa yöl harakati qatnaşçilari hayoti va soğliği uçun ham jiddiy xavf tuğdirişini eslatdi. Şu munosabat bilan fuqarolardan yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qiliş söraldi.