Özbekistonlik şaxmatçi Javohir Sindorov va amaldagi jahon çempioni hindistonlik Gukeş Dommaraju örtasidagi şaxmat toji uçun bahs Şveytsariyaning Jyeneva şahrida bölib ötadi.
Bahs 25 noyabr-15 dekabr kunlari ötkaziladi. Bu vaqtda Gukeş va Sindorovlar 20 yoşda bölişadi – jahon şaxmat toji uçun kuraşadigan eng yoş şaxmatçilar sifatida tarixga kirişadi.

“Jahon çempionligi uçun ötkaziladigan uçraşuvga mezbonlik qilişga bir neçta davlat, xususan, Hindiston, AQŞ va Kipr qiziqiş bildirdi. Barça takliflar sinçiklab körib çiqilganidan söng FIDE uçraşuvni neytral hudud - turli xalqlar va madaniyatlarni birlaştirgan Jyeneva şahrida ötkazişga qaror qildi. Biz Şveytsariyada jahon şaxmat jamoatçiligini kutib oliş imkoniyatini intiqlik bilan kutmoqdamiz. Mahalliy şaxmat muxlislari jahon darajasidagi partiyalarni jonli tarzda tomoşa qiliş imkoniga ega böladilar, butun dunyo böylab millionlab muxlislar esa oliy şaxmat unvoni uçun keçadigan bahsni onlayn tarzda kuzatişlari mumkin”, - dedi FIDE prezidenti vazifasini bajaruvçi Vişvanatan Anand.
Sindorov aprelda Kiprda ötkazilgan da’vogarlar turnirida muddatidan oldin ğalaba qozongandi. Gukeş 2024 yil dekabrda xitoylik Din Lijenni yengib jahon çempionligini qölga kiritgan.











