Apple Pay va Google Pay tölov xizmatlari yaqin oylarda Özbekistonda işga tuşişi mumkin. Bu haqda Markaziy bankning Tölov tizimlarini rivojlantiriş departamenti rahbari Jamşid Usmanov Spot’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
 

Uning sözlariga köra, şaxsga doir ma’lumotlar töğrisidagi qonunçilikka özgartirişlar kiritilgaç, Markaziy bank tijorat banklari, Humo va Uzcard milliy tölov tizimlari bilan birgalikda Apple hamda Google kompaniyalari bilan muzokaralarni, şuningdek, xizmatlarning texnik integratsiyasi böyiça işlarni boşlagan.

“Hozirda tijorat banklari integratsiya işlarini faol olib bormoqda. Kartalarni tokenizatsiya qiliş bilan boğliq jihatlar bor”, - deya ta’kidladi Usmonov.

Uning qayd etişiça, gap faqat xalqaro tölov tizimlari - Visa va Mastercard kartalarini qöllab-quvvatlaş haqida ketmayapti. Markaziy bank, şuningdek, Apple Pay va Google Pay’ga mahalliy Humo va Uzcard tölov tizimlari kartalarini ham qöşiş ustida işlamoqda.
Usmonovning aytişiça, yaqin bir neça oy içida loyiha yuzasidan ijobiy yangiliklar kutilmoqda.

Mutaxassisning quşimça qilişiça, bir yoki bir neçta tijorat banki xizmatlarni birinçi bölib işga tuşirişi mumkin. Markaziy bank vakili regulyatorning Apple va Google vakillari bilan muzokaralar ötkazganini ham tasdiqladi. Uning aytişiça, uçraşuvlar joriy yilning aprel va may oylarida bölib ötgan.