2026-yil 1-oktabrdan Qozoğistonning «Passajirskiye perevozki» kompaniyasi Almati - Toşkent yönalişi böyiça harakatlanadigan xalqaro poyezd tarkibida birinçi marta «Ayollar vagoni»ni joriy etadi. Poyezd Qozoğiston va Özbekiston örtasida muntazam temir yöl qatnovini taʼminlaydi, deb xabar berdi Kazinform.

«Almati-Toşkent xalqaro yönalişi Qozoğiston va Özbekiston örtasida yölovçi taşiş aloqalarini rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega. Uşbu yönalişga talab yuqoriligi va yölovçilar oqimi ortib borayotganini hisobga olgan holda, mazkur yönalişda «Ayollar vagoni»ni işga tuşirişga qaror qilindi. Uşbu xizmat içki temiryöl yönalişlarida ham yuqori talabga ega. Xizmat joriy etilganidan buyon «Ayollar vagoni»dan 946 mingdan ortiq yölovçi foydalandi», - dedi kompaniya boşqaruv raisi Anvar Axmetjanov.

«Ayollar vagoni»da kattalar hamrohligida yetti yoşgaça bölgan öğil bolalarning safar qilişiga ham ruxsat beriladi. Bunday vagonlarga çiptalar faqat ayollarga sotiladi, ularga esa faqat ayol provodniklar xizmat körsatadi.

«Çiptalarni temir yöl kassalaridan kassirga «Ayollar vagoni»ni tanlayotganingizni bildirgan holda, şuningdek, rasmiy sayt orqali onlayn xarid qiliş mumkin. Çipta rasmiylaştirilayotganda «JN» belgisiga eʼtibor beriş kerak. Uşbu belgi joyning ayollar vagoniga tegişli ekanini körsatadi», - deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, çiptalar savdosi poyezd jönab ketişidan 45 kun oldin oçiladi. Bu yölovçilarga safarni oldindan rejalaştiriş imkonini beradi.

Qozoğistonda ayollar uçun maxsus vagonlar ilk bor 2021-yil 10-oktabrda yölga qöyildi, tajriba muvaffaqiyatli deb topilgaç, 2022-yildan boşlab vagonlar soni oşirildi. «Qozoğiston temir yöllari» kompaniyasi maʼlumotlariga köra, vagonlar birinçi navbatda safar vaqtida ayollarning xavfsizligini taʼminlaş va qulayligini oşiriş maqsadida joriy etilgan. Bu qaror, şuningdek, poyezdlardagi jinsiy zöravonlik holatlaridan söng yuzaga kelgan ijtimoiy rezonans bilan ham boğliq.